Kontent qismiga oʻtish

Hofiz Mamatbuva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sattorov Muhammaddan yoʻnaltirildi)

Mamatbuva hofiz (asli Muhammad Sattorov; 1885.14.1 — Margʻilon — 1969.4.3) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1941). Xalq xonanda va sozandalari (Boltaboy hofiz va boshqalar)dan xalq ashula yoʻllarini oʻrgangan. Hamza boshchiligidagi agitbrigada, Oʻzbek etnografik truppasida (1925—26), Hamza teatrida (1926—30) xonanda. Urush yillari Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh sanʼatkorlarga ashula yoʻllarini oʻrgatgan. G. Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasida xizmat qilgan. Hofiz Mamatbuva "Koʻp erdi hasratim", "Bir kelsun", "Aylading", "Kuling", "Figʻonkim", "Sayding qoʻya ber, sayyod" kabi katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. U "Ushshoq", "Chorgoh", "Munojot", "Segoh" ashula yoʻllarini, ayrim zamonaviy qoʻshiqlar ("Oʻzbekistondir", "Shodlik etsangchi yoshlar", "Dilrabolar" kabi)ni katta ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, M. Uzoqov singari oʻnlab xalq sanʼatkorlarining ustozi boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil