Shanba
Qiyofa
(Saturdaydan yoʻnaltirildi)
Shanba - juma va yakshanba orasidagi hafta kuni.
Shanba (forscha.); (kun) degan ma'noni anglatadi — Grigoriy kalendari boʻyicha haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi kuni. Islomdan ilgari arablarda shanba dastlab muqaddas kun sanalgan. Islom dinida juma ibodat va dam olish kuni deb qabul qilingach, shanba haftaning boshlanish kuni boʻlib qolgan. Boshqa kunlar shunga muvofiq ravishda nomlangan. Masalan, yakshanba — birinchi kun, dushanba — ikkinchi kun, seshanba — uchinchi kun, chorshanba — toʻrtinchi kun, payshanba — beshinchi kun.
Qadimgi yahudiylar anʼanasida shanba kuni muqaddas kun hisoblanadi. Ruslardagi "subbota" soʻzi yahudiylarning "shabbot" (diniy bayram) soʻzidan olingan.
Hafta kunlari |
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |