Kontent qismiga oʻtish

Sayyid Qosim ibn Abduljabbor Andijoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayyid Qāsim bin Abd al-Jabbaar Al-Andijaani
Tavalludi 1885
Andijan, Turkiston
Vafoti 23-fevral, 1973-yil
Madina, Saudiya Arabistoni
Taʼlimi Darul Uloom Deoband
Kasbi Islom ulamosi

Sayyid Qosim Andijoniy (arabcha: السيد قاسم بن عبد الجبار الأنديجاني), islom olimi va yozuvchi 1885-yilda Andijonda tugʻilgan[1].

Sayyid Qosim Ibn Abduljabbor Andijoniy Andijon yaqinidagi Boʻtaqora qishlogʻida (hozirgi Andijon viloyatining Andijon tumaniga qarashli) tugʻilgan. Qishloqdagi maktabni tamomlab, Andijon shahridagi “Jome” madrasasida tahsilni davom ettirdi. Unga madrasada mashhur mudarris Mulla Xoliqberdi Oxun, Yunus Oxunlar dars bergan. Keyinchalik otasi uni taʼlimni davom ettirish uchun Xoʻjand, Toshkent va Buxorodagi madrasalarga yuboradi[2].

26 yoshida madrasalardagi taʼlimini yakunlab, 1911-yildan boshlab Hindistondagi “Dorul Ulum Deoband” da besh yil oʻqishni davom ettiradi[3][4]. 1916-yili Andijondagi qishlogʻiga qaytib kelib, qishloq ahliga dars beradi. Bir muncha vaqt oʻtgach, kommunistik tuzumning zulmi tufayli u oʻz mamlakatini tark etishga majbur boʻladi. Soʻng Afgʻoniston, Hindiston va keyinchalik Hijozga boradi[5][6]. Makkada hadis, tafsir va Fiqhdan dars bergan. U talabalarga, jumladan Masjid al-Haram imomi Abduzzohir Abus Samhga ham dars bergan[7].

Bundan tashqari, Madinadagi “Dorul Ulumish Shariat”, “Dorul Aytamil Qariyba”da dars bergan. Hijriy 1356-yilda (taxminan 1937-yil) Masjid al-Nabaviga mudarris etib tayinlandi. Ayrim darslarini oʻzbek tilida ham olib borgan.

U arab tilida 380 betlik “al-Misboh fiy usulil hadis”, “al-Aqidatul xolisa” va “al-Iqtisad fiy masailil itiqod” kabi bir qancha kitoblar yozgan. U Qurʼonga "Fathur Rahmon fiy tafsiril Qurʼon" deb oʻzbekcha tafsir yozgan. Bundan tashqari, u oʻzbek tilida 530 betlik “Sharhul aqiydatul halisa”, “Islom yoʻli”, “Lozim vazifalar”, “Muhammad ibn Qosim”, “Muhtasarul jamiʼil usul fiy ahodisir Rosul” nomli kitoblarini yozgan.

U hijriy 1393-yilning 19-muharramida (1973-yil 23-fevral, juma) vafot etdi va Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Al-Baqi qabristoniga dafn qilindi.

  • al-Misboh fiy usulil hadis
  • al-Aqidatul xolisa[8]
  • al-Iqtisad fiy masailil itiqod
  • Fathur Rahmon fiy tafsiril Qur'on
  • Sharhul aqiydatul halisa
  • Islom yoʻli
  • Lozim vazifalar
  • Muhammad ibn Qosim
  • Muhtasarul jamiʼil usul fiy ahodisir Rosul
  1. „САЙЙИД ҚОСИМ ИБН АБДУЛЖАББОР АНДИЖОНИЙ“ (uz). Ahlisunna.
  2. Kemper, Michael. Islamic Education in the Soviet Union and Its Successor States. Routledge, 11-sentabr 2009-yil — 247-bet. ISBN 978-1-134-20731-2. 
  3. IslamHouse.com „قاسم بن عبد الجبار الأنديجاني – أعلام وشخصيات“ (ar). IslamHouse.com. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  4. „Kazakh clothes“. Kuala Pangan (2019-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-may.[sayt ishlamaydi]
  5. Schlyter, Birgit N.. Prospects for Democracy in Central Asia. Swedish Research Institute in Istanbul, 2005 — 245-bet. ISBN 978-91-86884-16-1. 
  6. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  7. „(منبع العرفان) تفسير كبير باللغة الأوزبكية (القديمة) بالحرف العربي“ (ar). ملتقى أهل التفسير. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  8. Sayyid Qasim bin Abd al-Jabbaar, al-Andijaani. al-aqeedat al-khalisa.