Kontent qismiga oʻtish

Ivan Sechenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sechenov Ivan Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)

Ivan Mixaylovich Sechenov [1829.1(13).8, Rossiya, hozirgi Nijniy-Novgorod viloyati, Tepliy Stan (Sechenovo) qishlogʻi — 1905.2(15).I, Moskva] — rus tabiiyotshunosi, Rossiyada fiziologiya maktabi va psixologiyada tabiiyilmiy yoʻnalish va bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1904), muxbir aʼzosi (1869). Moskva universitetining tibbiyot ftini tugatgan (1856). Peterburg xirurgiya akademiyasining fiziologiya kafedrasini boshqargan (1860-yildan), fiziologiya lab. sini tashkil qilgan. Moskva universiteti fiziologiya kafedrasi privatdotsenti (1889), professor (1891-yildan). S. gomeostaz orqali oʻz-oʻzini boshqarish haqidagi fikrni ilgari surdi (1861). Bosh miya markazlarining harakat aktivligiga taʼsiri toʻgʻrisida tajriba oʻtkazib, baqa uzunchoq miyasi va koʻrish doʻmboqchalariga osh tuzi bilan taʼsir etilganda oyokdarning reflektor yoʻl bilan harakatlanish reaksiyasi toʻxtab qolishi sabablarini tadqiq etadi va psixik jarayenlarning fiziologik asoslarini ochib beradi (1862). S. darvshshjtl targʻib qilib, uni fiziologiya va psixologiya masalalariga ham tatbiq etdi. 1890-yilda u psixofiziologiya va bilish nazariyasi masalalariga oid muammolarni oʻrgandi.

  • Izbr. filosofskiye i psixologicheskiye proizvedeniya, M., 1947; Izbrannie proizvedeniya, t. 1, M., 1952; Refleksi golovnogo mozga, M.,1952.