Kontent qismiga oʻtish

Gipergen konlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sedimentogen konlardan yoʻnaltirildi)

Gipergen konlar, sedimentogen konlar, ekzogen konlar — Yer yuzasida qad. va hozirgi geokimyoviy jarayonlar bilan bogʻliq holda hosil boʻlgan foydali qazilma uyumlari. Gipergen konlar endogen sharoitida hosil boʻlgan mineral xom ashyolarning mexanik va biokimyoviy qayta oʻzgarishi va differensiatsiyasidan tarkib topadi. Gipergen konlar nurash, sochma va choʻkindi konlarga boʻlinadi. Okean va dengiz tubi yotqiziqlarida choʻkindi (koʻmir, yonuvchi slaneslar, neft, yonuvchi gaz va boshqalar), yon bagʻirlar, daryo va dengiz sohillarining boʻsh yotqiziqlarida sochma (oltin, platina, titan, volfram va boshqalar), materik yuzasida nurash (nikel, temir va boshqalar) konlari hosil boʻladi. Gipergen konlarga neft va gaz, kumir, koʻpchilik rudali va noruda konlari kiradi. Gipergen konlarning sanoat ahamiyati katta.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil