Tojetdin Seytjonov
Seytjonov Tojetdin (1924.8.4, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 1998.16.7, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1985) va dramaturg. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1959). Oʻqituvchilar intini tugatgan (1948). "Jas leninshi" (1954— 56), "Sovet Qaraqalpaqstani" (1967— 73) gaz. va "Amudarya" jur.da (1962— 64; 1978-yildan) va boshqa tashkilotlarda ishlagan. Qoraqalpogʻiston Radio va televideniye davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1973—78). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Azamat yigitlar" (1956). "Zebo" (1957), "Qanotli yoshlar" (1961), "Muhabbatnoma" (1971), "Hayot falsafasi" (1979) sheʼriy kitoblarida qrraqalpoq xalqi hayoti aks etgan. "Qorli soʻqmoklar" (1959), "Abu Rayhon Beruniy" (1973), "Nukus afsonasi" (1981) va boshqa pyesalar muallifi. "Dengizdan esgan shamol" sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingan (1981).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |