Kontent qismiga oʻtish

Sferik aberratsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sferik Aberratsiyadan yoʻnaltirildi)

Sferik aberratsiya - optik ti zimlar geometrik aberratsiyasi turlaridan biri; bosh optik oʻkda hosil boʻlgan tasvirning noaniqlikka yoki buzilishiga olib keluvchi linzalarga xos kamchilik. Sferik aberratsiya hodisasi optik oʻqqa parallel va undan har xil masofada oʻtuvchi nurlar optik tizimdan oʻtib oʻqni turli nuqtalarda kesib utishidan kelib chiqadi (shaklga q.). Shakldagi nurlar optik oʻqni kesib oʻtgan 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofaga boʻylama Sferik aberratsiya, nurlar yoʻlida qoʻyilgan ekranda nuqta oʻrniga hosil boʻlgan kichik doira koʻrinishidagi yorugʻlikka koʻndalang Sferik aberratsiya deyiladi. Egrilik radiusi 1:6 nisbatda olingan ikki yokli qabariq linzalarning qabariqroq tomonini buyumga qaratib oʻrnatilsa, eng kichik Sferik aberratsiya hosil boʻladi.

Tanlab olingan 2 linzali tizimda Sferik aberratsiya amalda hosil boʻlmaydi. Bunday xususiyatga ega tizim aplanatik tizim deyiladi.