Ш (kirill)
Qiyofa
(Sh (Kirill)dan yoʻnaltirildi)
Ш, ш — oʻzbek Kirill alifbosining yigirma oltinchi xarfi. Til oldi, sirgʻaluvchi, shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qoʻllanish jihatdan oʻrtacha faol, talaffuz jihatdan esa barqaror undosh: har qanday pozitsiyada xam deyarli bir xil talaffuz etiladi. Soʻzning boshida (shirin, shox, shoʻx), oʻrtasida (mashhur, oshiq, qoshiq) va oxirida (dilkash, kurash, tish) kela oladi. Baʼzan soʻz oʻrtasida juft holda ham uchraydi (pashsha, qashshoq). Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda Sh harfi oʻziga xos shakllarda uchraydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |