Kontent qismiga oʻtish

Shigʻovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shagʻovuldan yoʻnaltirildi)

Shigʻovul, shagʻovul — saroy mansabi. 1) Buxoro xonligida elchilarni xon qabuliga olib kiruvchi mansabdor shaxs. Shig'ovul saroydagi qabul marosimlarini boshqargan va nazorat qilgan; 2) Xiva xonligida mehtarning yordamchisi boʻlib, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularning taʼminoti bilan shugʻullangan. Shig'ovullarning faoliyati "buxrilar" (aygʻoqchilar) faoliyati bilan yaqindan bogʻliq boʻlgan. Shig'ovullar mustaqil ravishda diplomatik muzokaralar olib borishmagan.