Aleksey Shchusev
Aleksey Viktorovich Shchusev | |
---|---|
Tavalludi |
8-oktyabr 1873-yil Kishinyov |
Vafoti |
24-may 1949-yil (75 yoshda) Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | arxitektor |
Ish joylari | Toshkent |
Taʼlimi | Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomlik maktabi |
Mashhur ishlari | Navoiy teatri |
Aleksey Viktorovich Shchusev (1873-yil 8-oktyabr, Kishinyov – 1949-yil 24-may, Moskva] – rus meʼmori, akademik (1943). Imperator Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1908), SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1943), toʻrt karra Stalin mukofoti laureati (1940, 1946, 1948, 1952). Shchusev rus va sovet meʼmorchiligining uchta davrida – inqilobdan oldingi neorus uslubida, 1920-yillardagi konstruktivizmda va 1930—1940-yillardagi Stalinistik meʼmorchilikda teng darajada muvaffaqiyatga erishgan yagona meʼmor hisoblanadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksey Shchusev Kishinyovda nafaqadagi zemstvo amaldori Viktor Petrovich (1824—1889) va Mariya Korneyevna Shchusev oilasida tugʻilgan[2]. Ota va onasi Aleksey oʻn besh yoshida vafot etadi. Qarindoshlari va zemstvo yordami tufayli Aleksey va uning ukasi Pavel oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatib, Sankt-Peterburgda oʻqishni davom ettirishga muvaffaq boʻlishdi. Toʻrt aka-uka Shchusevlar va ularning otasining birinchi nikohidan boʻlgan singlisi oliy maʼlumotga ega boʻlishdi. Pyotr (1871—1934) Afrikada shifokor va tadqiqotchi boʻldi, Pavel (1880—1957) qurilish muhandisi, Alekseyning Moskva koʻpriklarini loyihalash boʻyicha yordamchisi va vafotidan keyin uning arxivining saqlovchisi boʻldi. Peterburg Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1891—1897). Kishinyov zemstvosidan yiliga 300 rubl miqdorida stipendiya oldi. Oʻqishning dastlabki uch yilida Shchusev G.I.Kotov , I.E.Repin va A.I.Kuindji sinflarida arxitektura va rassomlik kurslarida qatnashdi. Kotov koʻp yillar davomida Shchusevning ustozi boʻldi. 1895-yilda Shchusev Veselovskiy arxeologik ekspeditsiyasi bilan Oʻrta Osiyoga bordi. 1896-yilda Rostov, Kostroma va Yaroslavl qadimiy yodgorliklarini, Avstriya-Vengriya va Ruminiyaning Yevropa arxitekturasini oʻrgangan. Shchusev faoliyatida rus meʼmorligi anʼanalariga va neoklassitsizmga murojaat etib, oʻziga xos meʼmorlik uslubi yaratishga intilgan (masalan, Moskvadagi Qozon vokzali majmui, 1914-yilda boshlanib – 1941-yilda tugallangan).
1900-yillar boshida Shchusev, cherkov meʼmorchiligiga qoʻl urdi. Anʼanaviy tarixshunoslikdan Art Nouveau va rus uslubining motivlarini birlashtirgan oʻzining proto-modernistik badiiy uslubini yaratdi. 1918—1925-yillarda „Yangi Moskva“ loyihasi meʼmori, 1926—1929-yillarda Tretyakov galereyasi direktori boʻlgan. 1925-yilda Shchusev birinchi rejaning uchta arxitektura tanlovida ishtirok etdi. Bular Xarkovdagi Gosprom loyihalari va Moskvadagi Markaziy Telegraf va Davlat banki binolari loyihalari edi. Uchta loyiha ham ochiqdan-ochiq konstruktivist edi va uchtasi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shchusevning birinchi qurgan modernistik binolari Matsestadagi sanatoriy va Bryusov koʻchasidagi Moskva badiiy teatri rassomlari uchun turar-joy binosi hisoblanadi. Eng yirik loyihasi Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligi binosi 1928—1929-yillarda A.Z.Grinberg va Shchusev tomonidan ishlab chiqilgan va 1933-yilda yakunlangan. 1940—1947-yillarda Toshkentda uning loyasi asosida Navoiy teatri qurib bitkazildi[3].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Афанасьев К. Н.. А. В. Щусев. Стройиздат, 1978.
- Васькин, А. А.. Щусев: Зодчий всея Руси, ЖЗЛ. Молодая гвардия, 2015. ISBN 9785235038073.
- Дружинина-Георгиевская Е. В. и Корнфельд Я. А.. Зодчий А. В. Щусев.. Издательство Академии наук СССР, 1955.
- Евстратова М. и Колузаков С.. Храм святителя Николая в Бари. Кучково Поле, 2017. ISBN 9785995005001.
- Евстратова М., Колузаков С. и другие. Крымский вал, 9/45. Неизвестный памятник Парка Горького. М.: Фонд «Связь Эпох», 2018. ISBN 9785990728516.
- Евстратова М. и Колузаков С.. Временная архитектура парка Горького. Музей современного искусства «Гараж», 2020a. ISBN 9785990971639.
- Евстратова М. и Колузаков С.. Каланчёвский путепровод в Москве. Кучково Поле, 2020b. ISBN 9785907174269.
- Иконников А. В.. Архитектура Москвы. XX Век. Московский рабочий, 1984.
- Иконников А. В.. Тысяча лет русской архитектуры. Искусство, 1990.
- История русской архитектуры. Стройиздат, 1994. ISBN 5274007287.
- Кейпен-Вардиц Д. В.. Храмовое зодчество А. В. Щусева. Совпадение, 2013. ISBN 9785903060887.
- Лапшин В. П.. Художественная жизнь Москвы и Петрограда в 1917 году. Советский художник, 1983.
- Михайлов Б. П. „Русское архитектурное наследие в творчестве А. В. Щусева“, . Сообщения Института истории искусств. Выпуск 7: Архитектура. Издательство Академии наук СССР, 1956 — 28—50-bet.
- Произведения академика А. В. Щусева, удостоенные Сталинской премии, 1954.
- Соколов, Н. Б.. А. В. Щусев. Государственное издательство литературы по строительству и архитектуре, 1952.
- Хан-Магомедов С. О.. Мавзолей Ленина. Просвещение, 1972.
- Хмельницкий Д. C.. Архитектура Сталина. Прогресс-Традиция, 2007. ISBN 978-5898262716.
- Щусев А. В., художественное оформление Лансере Е. Е.. Проект восстановления Истры, 4200 экз, Академия архитектуры СССР, 1946.
- Щусев А. В. „Избранные произведения“, . Мастера советской архитектуры об архитектуре, том 1. Искусство, 1975 — 150–156-bet.
- Cohen J.-L.. Building a new New World: Amerikanizm in Russian Architecture. Yale University Press, 2021. ISBN 9780300248159.
- Colton T.. Moscow: Governing the Socialist Metropolis. Harvard University Press, 1995. ISBN 9780674587496.
- Chmelnizki D.. Alexey Shchusev. Architect of Stalin's Empire Style. DOM publishers, Berlin, 2021. ISBN 9783869224749.
- Hudson H.. Blueprints and Blood: The Stalinization of Soviet Architecture, 1917-1937. Princeton University Press, 2015. ISBN 9781400872824.
- Schlögel K.. Moscow, 1937. Wiley, 2014. ISBN 9780745683621.
- Zubovich K.. Moscow Monumental: Soviet Skyscrapers and Urban Life in Stalin's Capital. Princeton University Press, 2020. ISBN 9780691205298.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ А. Абросимова. „Созидатель“ (2023).
- ↑ „Щусев Алексей Викторович — биография архитектора“. www.culture.ru. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Выставка, посвящённая архитектору Алексею Щусеву, проходит в Ташкенте“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |