Kontent qismiga oʻtish

Friedrich Wilhelm Joseph Schelling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shelling Fridrix Vilhelm Yozefdan yoʻnaltirildi)
Friedrich Wilhelm Joseph Schelling
Tavalludi 27-yanvar 1775[1]
Vafoti 20-avgust 1854[1]
Fuqaroligi Vyurtemberg Qirolligi

Shelling Fridrix Vilhelm Yozef (1775.27.1, Leonberg — 1854.20.8, Ragats, Shveysariya) — nemis faylasufi. Tyubengen universitetining ilohiyot fakultetini tugatgan. Yena (1798— 1803), Vyursburg (1803—06), Erlangen (182026) va Berlin (184146) universitetlarining professor Myunxen Fanlar akademiyasi aʼzosi. Sh. yangi davr tabiat falsafasiga, ayniyat va mifologiya falsafasiga asos soldi, falsafaning predmetini erkinlik deb belgiladi, keyinchalik shu asnoda Gegeltni emas, R.Shteyner, N. Berdyayev, Vl. Solovyov, A.Bergson oʻzlarining "erkinlik falsafasi"ni yoki falsafiy tizimlarini yaratdilar.

Schelling tabiatni dinamik qaramaqarshiliklarning birligi sifatida olib qaraydi; bu qarama-qarshilik yaxlitlikda uygʻunlashadi; tabiat — ulkan yirik organizm, uning taraqqiyoti ongli "Men"ni yaratishga qaratilgan. Sh. dunyoqarashida borliq va tafakkur ayniyatini, ideallik va reallik mosligini koʻrish mumkin. Uningcha, mif — faqat ongning emas, balki borliqning shakli. Haqiqiy din va haqiqiy falsafaga yoʻl mif orqali oʻtadi; mifologik tasavvurni shunchaki toʻqib chiqarilgan ertak deb, lekin hamma mifda ham aqliy yondashuv bor deb boʻlmaydi. Haqiqat falsafasida Sh. mohiyat bilan mavjudlik oʻrtasidagi farqni ajratishga intiladi; narsa nima, uning mohiyati qanaqa — buni bizga aql oʻrgatadi; narsaning mavjudligiga esa tajriba ishontiradi. Sh. tajribadan, narsalarning mavjudlik omilidan kelib chiqishni, borliqni tushuncha bilan qorishtirmaslikni taʼkidlaydi. U dastlab, Bibliyani tarixiytanqidiy oʻrganish lozim degan boʻlsa, keyinchalik bu fikrini xato deb hisoblagan. Sh. falsafasi ratsionallik bilan noratsionallikning uygʻunligi sifatida katta ahamiyatga ega. Asosiy asarlari: "Tabiat falsafasi uchun gʻoyalar" (1797), "Olamiy qalb toʻgʻrisida" (1798), "Tabiat falsafasi tizimining dastlabki xomakisi" (1799), "Tabiat falsafasi tizimi dastlabki xomakisiga kirish" (1799), "Transsendental idealizm tizimi" (1800), "Sanʼat falsafasi" (1802—05), "Inson erkinligi va u bilan bogʻliq narsahodisalar toʻgʻrisida falsafiy tadqiqot" (1809), "Mifologiya falsafasiga kirish" (1821—45), "Yangi falsafa tarixiga doir" (1822-27).




  1. 1,0 1,1 (unspecified title)