Aʼzam Shermatov
Shermatov Aʼzam (1925.1.3, Koson tumani – 1993.25.2, Toshkent) – tilshunosshevashunos olim. Oʻzbekistondaxizmat koʻrsatgan fan arbobi (1986), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1982). Buxoro pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1951). Qarshi oʻqituvchilar institutida oʻqituvchi (1951 – 53), direktor oʻrinbosari (1953–57). Toshkent pedagogika institutida oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi va dotsent (1960–62), tarix-filologiya fti dekani (1962–67), rus guruhlarida oʻzbek tili kafedrasi mudiri (1967–73), oʻzbek va qozoq filologiyasi fti dekani (1976–80), umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri (1973-yildan). Oʻzbek dialektologiyasi va umumiy tilshunoslik boʻyicha oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun bir qancha oʻquv qoʻldanmalari va dasturlari yaratgan. Asosiy ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyati oʻzbek shevalari tadqiqiga bagʻishlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Quyi Qashqadaryo oʻzbek shevalari, T., 1972; Uzbekskiye narodnne govorm Kashkadarinskoy oblasti, T., 1978; Atlas uzbekskix narodnix govorov Kashkadarinskoy oblasti,. 1"., 1979; Lingvistik geografiya nima? T., 1981.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |