Sherna baxshi
Qiyofa
(Shernazar Beknazar oʻgʻlidan yoʻnaltirildi)
Sherna baxshi (Shernazar Beknazar oʻgʻli) (1855-yil, Azon qishlogʻi, Sherobod bekligi, Buxoro amirligi — 20-asr 1-yarmi, Oʻzbekiston SSSR, SSSR) — baxshi, dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Baxshilar oilasida tugʻilgan, 9—10 yoshlaridayoq doʻmbira chalib, kuylay boshlagan. Soʻng sherobodlik Qosim (shoir) baxshiga shogird tushgan. Sheroboddagina emas, Surxondaryo, Qashqadaryoda, hatto Tojikiston va Turkmanistonda ham mashhur boʻlgan. Repertuarida 50 dan ortiq doston, termalar, doʻmbira kuylari boʻlgan. Sherna baxshi Umir baxshi (Safarov), Rajab baxshi Normurod oʻgʻli, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Mardonqul Avliyoqul oʻgʻli kabi 20 dan ortiq shogird yetishtirgan. Xalq Sherna baxshi haqida rivoyatlar toʻqigan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |