Kontent qismiga oʻtish

Miksomitsetlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shilimshiqsimon Zamburug'lardan yoʻnaltirildi)

Miksomitsetlar (Myxomyceta, yun. tuxa — shilimshiq, mykes — zamburugʻ), shilimshiqsimon zamburugʻlar — xlorofilsiz zamburugʻsimon organizmlar tipi. Sporalar yordamida koʻpayadi. 400 ga yaqin turi bor, koʻpchiligi kosmopolit. Vegetativ davri diploid, kup yadroli protoplazma massali, reproduktiv davri esa pardali spora koʻrinishida. Har bir sporadan bitta (baʼzan koʻproq), ikkita xivchinli, harakatchan, qobiqsiz hujayra chiqadi. Bunday hujayralar bir necha marta boʻlingandan keyin mikso-amyobalarga aylanib, zigotalar hosil qiladigan gametalar vazifasini bajaradi. Zigotalar plazmodiyni vujudga keltiradi. Keyinroq butun plazmodiy yoki uning bir boʻlagi sporali sporangiyga aylanadi. M., odatda, oʻrmonlarda, shuningdek, nam joylarda, chirigan yogʻochlarda yoki oʻsimlik qoldiqlarida rivojlanadi. Koʻpchilik M. saprofit; baʼzilari parazit, mas, karamda kila, kartoshkada kalmaraz kasalligini M. qoʻzgʻatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil