Kontent qismiga oʻtish

Shitszyachjuan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimendan yoʻnaltirildi)

Shitszyachjuan, Shimen - Xitoyning shim. qismidagi shahar, Buyuk Xitoy tekisligining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Xebey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 8,6 mln. kishi (1999, shahar atrofi bilan). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Mamlakatning ogʻir sanoat markazi. Transport, konchilik va boshqalar mashinasozlik sohalari, qora metallurgiya, qurilish, kimyofarmatsevtika, yirik toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Sh. yaqinida koʻmir va temir rudasi qazib olinadi.