Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Qozogʻiston (viloyat)

Koordinatalari: 54°53′0″N 69°10′0″E / 54.88333°N 69.16667°E / 54.88333; 69.16667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimoliy Qozog'iston viloyatidan yoʻnaltirildi)
Shimoliy Qozogʻiston viloyati
qoz. Солтүстік Қазақстан облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Petropavlovsk
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Yeskendirov Samat Sapabekovich
Aholi (2013)
578,400[1]
(4,2 % ,  (14-oʻrin)
Zichligi 5,96 kishi./km²
Millatlar tarkibi ruslar 50,43 %
qozoqlar 33,30 %
ukrainlar 5,00 %
olmonlar 3,49 %
polyaklar 2,34 %
tatarlar 2,18 %
beloruslar 1,15 %
va boshqalar 2,11 %[2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 97 993 km² (3,6 %, 14-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7152 xx-xx-xx[3]
Pochta indeksi 15 xxxx[4]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://www.sko.kz/
Xaritada
Shimoliy Qozogʻiston viloyati xaritada
54°53′0″N 69°10′0″E / 54.88333°N 69.16667°E / 54.88333; 69.16667

Shimoliy qozogʻiston viloyatiQozogʻistonning shimoliy qismidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Maydoni 97 993 km2. Aholisi 578,400 kishi (2013), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 13 tumanga boʻlingan, 5 shahar, 4 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk shahri Muhim shaharlari: Petropavlovsk, Bulayev, Mamlyutka, Sergeyevka.

Ishim daryosidagi Petropavl gidrouzeli

Viloyat Gʻarbiy Sibir tekisligining janubiy chekkasi va Qozogʻiston past togʻlarining janubiy qismida joylashgan. Shimoli-sharqdan (115 – 120 m) janubiy va janubi-sharqqa (200 m) balandlashib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq (5 oydan ortiq), kamqor; yozi issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha harorati —18,5 °C, — 19,5 °C, iyulniki 18,5—19,5 °C. Yiliga 300–340 mm yogʻin tushadi. Daryolari Ob havzasiga mansub. Ishim daryosining oʻrta oqimi viloyat hududidan oʻtgan. Viloyat oʻrmonli dasht va dasht zonalari oraligʻida joylashgan. Koʻp qismining tuprogʻi qoratuproq. Viloyat hududining 8% oʻrmon. Los, sibir yeligi; yirtqichlardan boʻri, tulki; quyon, uzunburuncha, tipratikan uchraydi. Ondatra iqlimlashtirilgan.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Qozogʻiston viloyati hududidan Trans-Sibir temir yoʻli oʻtgan. Temir yoʻl uzunligi 470 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 1645 km. Havo yoʻllari Petropavlovskni Ostona, Moskva, Olmaota hamda Sibirdagi shaharlar, shuningdek, Kavkazdagi kurortlar va boshqalar shaharlar bilan bogʻlaydi. Petropavlovsk pedagogika instituti, Shimoliy chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri, filarmoniya va boshqalar madaniyat muassasalari bor.

Viloyat aholisining soni 2012-yilgi statiska boʻyicha 583 598 kishini tashkil qildi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda;

Aholining milliy tarkibi
(hozirgi kunda[5])[6][7]:
Aholi soni
1989-yilgi[5]
%[5] Aholi soni
1999-yilgi
% Aholi soni
2010-yilgi
%
umumiy 912065 100,00 % 725980 100,00 % 643302 100,00 %
Ruslar 469636 51,49 % 361461 49,79 % 310371 48,25 %
Qozoqlar 206060 22,59 % 214697 29,57 % 218039 33,89 %
Ukrainlar 70525 7,73 % 46980 6,47 % 35673 5,55 %
Olmonlar 86716 9,51 % 41157 5,67 % 23826 3,70 %
Polyaklar 22917 2,51 % 18757 2,58 % 15343 2,39 %
Tatarlar 19977 2,19 % 16472 2,27 % 14433 2,24 %
Beloruslar 16388 1,80 % 11184 1,54 % 8658 1,35 %
Ozarbayjonlar 1394 0,15 % 1457 0,20 % 1942 0,30 %
Armanlar 940 0,10 % 1394 0,19 % 1624 0,25 %
Chechenlar 972 0,11 % 919 0,13 % 1098 0,17 %
Chuvashlar 1941 0,21 % 1288 0,18 % 1037 0,16 %
Oʻzbeklar 530 0,06 % 322 0,04 % 1080 0,17 %
Ingushlar 942 0,10 % 857 0,12 % 980 0,15 %
Boshqurtlar 1755 0,19 % 1063 0,15 % 912 0,14 %
Tojiklar 164 0,02 % 244 0,03 % 909 0,14 %
Litvalar 1140 0,12 % 976 0,13 % 825 0,13 %
Mordvalar 1585 0,17 % 1025 0,14 % 660 0,10 %
boshqalari 8483 0,93 % 5727 0,79 % 5892 0,92 %

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
hududiy boʻlinishining haritasi
  1. Ayirtav tumani markazi Savmalkoʻl
  2. Oqjar tumani markazi Tolshiq
  3. Oqqayin tumani markazi Smirnovo
  4. Yesil tumani markazi Yavlenka
  5. Jambul tumani markazi Presnovka
  6. Magʻjan Jumabaev tumani markazi Bulayev
  7. Qiziljar tumani markazi Beskoʻl
  8. Mamlyut tumani markazi Mamlyutka
  9. Oʻbit Musirepov tumani markazi Novoishimka
  10. Tayinsha tumani markazi Tayinsha
  11. Timiryazev tumani markazi Timiryazevka
  12. Valixanov tumani markazi Kichkinakoʻl
  13. Shal aqin tumani markazi Sergeyevka
  14. Petropavlovsk shahri
Tumanlarning milliy tarkibi (1.01.2010)[8]
Tuman/shahar ruslar
%
qozoqlar
%
ukrainlar
%
olmonlar
%
polyaklar
%
tatarlar
%
beloruslar
%
Petropavovsk shahri 66,27 21,42 2,97 1,59 0,46 3,75 0,66
Ayirtav tumani 44,22 38,93 5,42 4,54 0,90 1,62 2,03
Aqjar tumani 14,26 74,18 4,47 1,68 0,41 1,43 1,77
Oqqayin tumani 41,00 35,93 9,21 7,02 1,60 1,49 1,54
Gʻabit Musirepov tumani 39,92 34,01 12,26 4,41 0,56 1,55 3,13
Esil tumani 48,38 43,12 2,79 2,55 0,41 0,62 0,50
Jambul tumani 37,17 47,85 7,85 3,11 0,16 1,27 0,67
Qiziljar tumani 62,53 24,49 3,21 3,83 0,54 1,75 1,05
Magʻjan Jumabaev tumani 54,41 29,77 5,15 5,48 0,51 1,36 1,03
Mamlyut tumani 56,80 27,19 2,91 3,66 0,20 6,05 0,82
Tayinsha tumani 21,55 27,84 12,46 9,79 21,83 0,68 3,17
Timiryazev tumani 39,65 40,82 7,36 2,04 0,52 2,05 2,21
Valixanov tumani 6,20 87,47 1,95 1,00 0,08 1,59 0,55
Shal aqin tumani 40,53 45,81 5,10 4,29 0,18 0,85 1,03

Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Sanoat korxonalarining koʻp qismi Petropavlovskda joylashgan. Mashinasozlik zavodlarida magnitofon, mineral oʻgʻit sochuvchi traktor tirkamalari, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar ishlab chiqariladi. Mashina taʼmirlash avo, Petropavlovsk goʻsht kombinati, un, moy, pishloq, likyoraraq, sut zavodlari, tikuvchilik, sport mollari fabrikalari, koʻn, yelim zavodlari, temirbeton buyumlari, gʻisht zavodlari, uysozlik kombinati va boshqalar ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va sutgoʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. 1954—60 yillarda 1,3 mln. ga qoʻriq yer oʻzlashtirildi. Ekin maydonlariga don, kartoshka va sabzavot, poliz, yemxashak, texnika ekinlari, bahori bugʻdoy, arpa, suli, grechixa, qisman tariq ekiladi. Xoʻjaliklarda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi.

  1. Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-28
  2. Перепись населения Республики Казахстан 2009 года. Краткие итоги., 2018-11-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-03
  3. „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 V sovremennix granitsax Severo-Kazaxstanskoy oblasti, vklyuchaya chast bivshey Kokchetavskoy oblasti
  6. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  7. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda[sayt ishlamaydi]
  8. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  • Қызылжар елі — Жемчужина Севера/Бас.ред. Б.Ғ.Аяған.-Алматы «Қазақ энциклопедиясы» ЖШС, 2007.-496 с.
  • Солтүстік Қазақстан облысы ел тәуелсіздігі жылдарында: құжаттар мен материалдар жинағы — Северо-Казахстанская область в период независимости страны: сборник документов и материалов/Управление архивов и документации Северо-Казахстанской области. Северо-Казахстанский государственный архив.-Петропавл, 2011.-533 с.
  • Жаңару уақыты. Солтүстік Қазақстан облысы Тәуелсіздік жылдарында — Время возрождения. Северо-Казахстанская область в годы Независимости/ Құрастырған К.Мұсырман.-Петропавл, 2011.-296 б. (қазақша-орысша)
  • Абылайдың ақ үйі: құжаттар мен материалдар көп қолданылған публицистикалық шығарма. Автор Ж.Самрат. -Астана, 2009. — 170 б.
  • Белый Дом Абылая: основанный на документов и исторических материалов публ. произв. Автор Ж.Самрат. -Астана, 2009. −170 с.
  • Поклонимся великим тем годам…Телевизионная летопись «Северный Казахстан в Великой Отечественной войне»/Р. Г. Бикмухаметова.-Петропавловск, 2010.-104 с.