Kontent qismiga oʻtish

Shivit oshi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shivitoshdan yoʻnaltirildi)
Shivit oshi

Xorazmcha yoki yashil lagʻmon
Turi lagʻmon
Milliy oshxona Oʻzbek oshxonasi
Kelib chiqishi Xiva, Oʻzbekiston
Asosiy komponentlari un, oʻsimlik moyi, suv, sut, goʻsht, piyoz, shivit, qatiq.

Shivit oshi (Xorazmcha lagʻmon, yashil lagʻmon[1][2]) — Lagʻmon turlaridan biri. Manbalarga koʻra Xivada paydo boʻlgan[3]. Xorazmning barcha tumanlarida tayyorlanadi[1]. Ugrasi shivit bilan aralashtirilishi natijasida och yashil tusga kiradi[3]. Goʻshtli qayla va suzma bilan dasturxonga tortiladi[4]. Mineral tuzlarga va vitaminlarga boy boʻlganligi uchun yozning jazirama issiq kunlarida isteʼmol qilish tavsiya etiladi[5]. Taomning tayyorlash usuli 1958-yilda Toshkentga ko‘chib kelgan xivalik oshpaz Rajab Sattarov tufayli ma‘lum bo‘lgan[6].

  1. 1,0 1,1 Матчанова & 2022 753.
  2. „Xorazm milliy oshxonasi“. Xorazmiy.uz. Qaraldi: 8-oktyabr 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 Рустамбоева & 2022 620.
  4. Сиротина 2023.
  5. Doʻstjonov, 1994 & 32.
  6. „Xorazm milliy taomi – Shivit oshini tayyorlash video-retsepti“. Uzbekistan.travel. Qaraldi: 8-oktyabr 2024-yil.
  • Doʻstjonov B. Xorazm taomlari. Toshkent: Oʻzbekiston, 1994 — 88-bet. ISBN 5-640-01654-X. 
  • Матчанова А.Э. ҚУЙИ АМУДАРЁ МИНТАҚАСИДА ТУРИЗМ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНГАНЛИГИ ГАСТРОНОМИК ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ // Экономика и социум. — 2022.
  • Рустамбоева Х.М. Особенности развития гастрономического туризма в Хорезме // Экономика и социум. — 2022.