Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrabashot

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sho'rabashotdan yoʻnaltirildi)

Shoʻrabashot — Fargʻona vodiysidagi dehqonchilik bilan shugʻullangan qadimiy aholi yashaydigan shahar xarobasi (mil. av. 4—1-asrlar). Yodgorlik Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzgan shahridan 8 km shim.gʻarbda joylashgan. Maydoni 70 ga. Sh. 3 qismdan iborat: ark, aholi yashaydigan asosiy qism va molqoʻy saqlanadigan va atrof hudud aholisi uchun notinchlik paytida yashirinadigan panagoh. Har bir qism alohida mudofaa devorlari bilan oʻralgan.

Qad. aholi sugʻorma dehqonchilik (uzum va beda yetishtirish) va chorvachilik (yilqichilik) bilan shugʻullangan. Manbalarning xabar berishicha, xitoylar ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlari (beda, uzum)ni shu yerdan olib ketib oʻzlashtirib olganlar. shahridan uyroʻzgʻor buyumlaridan tashqari ayollar taqinchoqlari (uzuk va munchoqlar) hamda surmatosh boʻyogʻi topilgan. Eng diqqatga sazovori terrakotadan yasalgan odamlar yuz qismi haykalidir. Haykallarning yuz qismi yalpoq va koʻzlari qisiq. Bu tasvirlar antik davr Fargʻona aholisi toʻgʻrisida birinchi ashyoviy hujjatdir. Bu shahar xarobasi qadimiy Fargʻonada hukm surgan Davan podsholigi davriga toʻgʻri keladi. Yozma manbalarda bu shahar Yu (Yuchen) shahri deb tilga olinadi. Aynan, bu shahar aholisi Fargʻona vodiysiga yurish qilgan xitoylarga juda qattiq qarshilik qoʻrsatgani haqida maʼlumotlar bor. Sh. Fargʻona vodiysida dehqonchilik madaniyatini oʻrganishda katta ahamiyatga ega yodgorlikdir.

  • Zadneprovskiy Yu.A., Drevnezemledelcheskaya kultura Fergann, M.—L., 1962.