Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrlangan tuproqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sho`rlangan Tuproqlardan yoʻnaltirildi)

Shoʻrlangan tuproqlar - tarkibida suvda oson eriydigan zararli tuzlar 0,1% yoki suvli soʻrimdagi quruq qoldiq miqdori 0,25% (0,3%)dan koʻp boʻlgan tuproklar. Shoʻrlangan tuproqlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSH, Oʻrta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da kattakatta maydonlarda, shuningdek, shoʻrlanmagan tuproqlar orasida esa, kichikroq massivlarda dogʻ koʻrinishida tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻistondagi sugʻoriladigan maydonlarning yarmidan ortigʻi, oʻzlashtiriladigan yerlarning 75— 80%ga yaqini turli darajada shoʻrlangan. Tuproqning shoʻrlanganlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miqdoriga koʻra (gips, miqsori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, Shoʻrlangan tuproqlar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%), oʻrtacha (0,2—0,4%), kuchli (0,4—0,8%), juda kuchli shoʻrlangan (shoʻrxoklar; 0,8% dan koʻp) xillarga boʻlinadi. Tabiiy Shoʻrlangan tuproqlar kimyoviy tarkibi (shoʻrlanish tipi)ga koʻra xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xloridgidrokarbonatli (ishqoriy yer elementlari) shoʻrlangan yerlarga boʻlinadi.

Tuproq shoʻrlanishining salbiy oqibatlari oldini olish uchun sugʻorish rejimini toʻgʻri taʼminlash, kuchli shoʻrlangan tuproqlarni katta normalarda yuvish, shoʻrlanish jarayoni yoʻnalishini tubdan oʻzgartirish uchun drenajlar yordamida grunt suvlarning sunʼiy oqimini vujudga keltirish zar}f (yana qarang Shoʻr yerlar melioratsiyasi).