Kontent qismiga oʻtish

Shoʻba (korxona)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shoʻʼba Korxonadan yoʻnaltirildi)

Shoʻba korxona — huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati[1][2]. Shoʻba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.

Sho‘ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi. Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan sho‘ba xo‘jalik jamiyati nochor (bankrot) bo‘lib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Sho‘ba xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning aybi bilan sho‘ba jamiyatga yetkazilgan zararni to‘lashni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, talab qilishga haqli.




Andoza:O'z FK