Kontent qismiga oʻtish

Shonazar Shoabdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shoabdurahmonov Shonazardan yoʻnaltirildi)
Shonazar Shoabdurahmonov
Tavalludi 1923.5.5
Kasbi tilshunos, turkolog

Shoabdurahmonov Shonazar (1923.5.5, Toshkent shahri) — tilshunos olim, turkolog.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974), filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967). Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot i-tida oʻzbek dialektologiyasi sektorining mudiri (1954—91), bosh ilmiy xodim (1991-98). 1971-74 yillarda mazkur institut direktori, 1974—76 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik kotibi.

Asosiy ilmiy faoliyati badiiy asarlar, xalq dostonlari tili, oʻzbek dialektologiyasi masalalariga oid. Shoabdurahmonov hozirgi oʻzbek adabiy tili imlosi, punktuatsiyasi, fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasiga oid yirik ilmiy tadqiqotlarning, oliy va oʻrta maktablar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarining hammualliflaridan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

  • Punktuatsiya qoidalari, T., 1953; Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T., 1959 (keyingi toʻldirilgan nashrlari: 1962; 1977); Oʻzbek adabiy tili va oʻzbek xalq shevalari, T., 1962; Oʻzbektili grammatikasi, 1j., Morfologiya (hamkorlikda), T., 1975; Oʻzbek tili darsligi, 9sinf uchun (hamkorlikda), T., 1977 (keyingi nashrlar: 1978, 1980, 1982); Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism (hamkorlikda), T., 1980.