Kontent qismiga oʻtish

Shoh muzaffar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shoh Muzaffardan yoʻnaltirildi)

Shoh muzaffar (15-asr, Hirot) -musavvir va xattot; Sulton Abu Saqd Mirzo hukmronligi (1451 — 1469) davrida ijod qilgan ustoz Mansurningoʻgʻli. Sulton Husayn davri (1469— 1506)da Alisher Navoiy tarbiyasida voyaga etgan noyob isteʼdod egasi, tasavvufga oid asar ham yozgan. Zahiriddin Bobur, Mirzo Muhammad Haydar Sh.M.ga yuksak baho berishib, uning nomini Behzod nomi bilan birga qayd etishgan. Musavvir 24 yoshida vafot etsa ham yirik sanʼatkor sifatida mashhur boʻlgan. U ishtirok etgan bezakli qoʻlyozmalardan: Alisher Navoiyning "Xamsa" asarining 1485-yil shahzoda Badiuzzamon Mirzo uchun (Buyuk Britaniya, Oksford, Bodli), Safaviy shahzoda Bahrom Mirzo uchun yaratilgan alohida muraqqaʼ (Turkiya, Istanbul, Toʻpqopu saroyi), Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" (AQSH, Baltimor, Eyzenxaur kutubxonasi) qoʻlyozmalari miniatyuralarini koʻrsatish mumkin.