Shoh valiulloh Ahmad Abdurahim
Qiyofa
(Shoh Valiulloh Ahmad Abdurahimdan yoʻnaltirildi)
Shoh valiulloh Ahmad Abdurahim (1703—62) — islom ilohiyotining yirik namoyandasi, 18-asrda Hindiston musulmonlari oʻrtasida boshlangan diniy islohotchilik harakatining asoschisi. Ruhoniyning oʻgʻli. Diniy maktabni tamomlab, otasi asos solgan "Madrasai Rahimiya"da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan. Hindistonda boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning taʼlimoti saltanat shuhratini tiklashga qaratildi. Sh.V. zodagonlar va ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar oʻrtasida ham ilm va maʼrifatni, axloqiy tarbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga qarshi kurash tarafdori boʻlib maydonga chiqqan. Sh.V.ning falsafa va ilohiyotga doir 50 dan ortiq asari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |