Kontent qismiga oʻtish

Antalkid sulhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shohona sulhdan yoʻnaltirildi)

Antalkid sulhi, Shohona sulh (miloddan avvalgi 386) — miloddan avvalgi 395-387 ylardagi Korinf urushidan soʻng Sarda shahrida Sparta bilan Afina va Fiva boshchiligida-gi yunon polislari oʻrtasida imzolangan. Sparta elchilari rahbari Antalkid no-midan olingan. Antalkid sulhi shartlarini amalda yunonlarga Eron davlati qoʻygan. Eron dastlab Spartaga qarshi, soʻngra Spar-ta bilan birga Afinaga qarshi urushgan. Eron tarkibiga Kichik Osiyodagi yunon shaharlari, Kipr o. va Klazomena qoʻshib olingan, yunon polislariga muxtoriyat berilgan, faqat Lemnos, Imbros va Ski-rosgina Afina qoʻl ostida qoldirilgan, barcha siyosiy ittifoklar (Peloponnes ittifokidan boshqa) tarkatib yuboril-gan. Ax. Spartaning Yunonistondagi xukm-ronlik mavqeini oshirgan. Yuno-niston yunon-fors urushlari (miloddan avvalgi 500-449) davrida erishgan yutuqlaridan mahrum boʻlgan, mamlakatda siyosiy tarqoqlik, oʻzaro nizolar kuchaygan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil