Kontent qismiga oʻtish

Neʼmat Shomurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shomurodov Neʼmatdan yoʻnaltirildi)

Neʼmat Shomurodov (1941.3.1 Toshkent — 1993.31.1) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). 1970—72 yillar Ye.Vaxtangov nomidagi teatrda malaka oshirgan. 1972—77 yillar Andijon teatrida, 1977—83 yillar Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida, 1983—93 yillar Oʻzbekiston televideniyesidarej. Sh. teatrda sahnalashtirgan spektakllari: "Ayajonlarim" (A. Qahhor), "Ispanlar" (M.Lermontov), "Mirzo Ulugʻbek" (M.Shayxzoda), "Qonli toʻy" (G.Lorka), "Ezop" (G.Figeyredu), "Momaqaldiroq" (A.Ostrovskiy), "Sinov tuni" (Yeji Lyutovskiy) va boshqalar Televideniyeda "Goʻzallik olamiga sayohat", "Inson bolalikdan boshlanadi", "Tengdoshlar", "Zor edim, bir koʻrgali...", "Xotira", "Urush bolalari" koʻrsatuvlari bilan tanilgan. Sh. rejissyorlik qilgan "Mangu barhayot" (Ya.Stelmax), "Yosh gvardiya" (A.Fadeyev) kabi telespektakllar televideniye tarixida alohida ahamiyatga ega. Sh. Rus drama teatrida "Mirzo Ulugʻbek" (M. Shayxzoda) tragediyasini sahnalashtirgan.