Oksalat kislota
Qiyofa
(Shovul kislotadan yoʻnaltirildi)
Oksalat kislota, HOOC-COOH — eng oddiy ikki asosli karbon kislota, rangsiz kristallar. Suyukdanish temperaturasi 189,5° (suvsiziniki), 2 molekula suvli kristallogidratiniki 101,5°. Suvda, spirtda eriydi, xloroformda, benzolda erimaydi. Zaharli. Oʻsimliklarda kalsiyli tuzi koʻrinishida keng tarqalgan. Oksalat kislota va uning tuzlari (qarang Oksalatlar) analitik kimyoda baʼzi metallarni choʻkmaga tushiruvchi reagent sifatida hamda boshqa maqsadlarda qoʻllanadi.[1]