Kontent qismiga oʻtish

Saʼdulla Shukur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shukur saʼdulladan yoʻnaltirildi)

Saʼdulla Shukur (1912.15.1, Jizzax — 1972.14.9, Toshkent) — bolalar shoiri, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1972). Samarqand pedagogika bilim yurtida (1924—29) va Pedakademiyaning filologiya fakultetida oʻqigan (1929—31). Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1931—64) va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy konsultant (1964—72). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Hayqiriq" (1932). "Sen nima qilding?" (1942), "Shohista" (1944), "Shirin kun" (1947), "Ulugʻ shahar" (1951) sheʼriy toʻplamlarida urush voqealari aks etgan. "Bizning bayram" (1953), "Koʻkbuloq" (1957), "Ohangrabo" (1959), "Dastyor qiz" (1961), "Ozoda" (1964) va boshqalar asarlar muallifi. Sh.S. oʻzbek xalq ertaklari syujeti asosida "Yoriltosh" musiqali dramasi (1938) va librettosini (1967) yaratgan. Urush yillaridagi bolalar hayotiga bagʻishlangan "Bizning jangchi" (1942), "Gulxan" (1943) pyesalari Respublika yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan. "Dalada bayram" (1954) komediyasi esa koʻplab teatr sahnalarida qoʻyilgan. A.S.Pushkin, L.Tolstoy, S.Marshak, S.Mixalkov va boshqalar rus yozuvchilari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.