Kontent qismiga oʻtish

Shuman rejasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shuman Rejasidan yoʻnaltirildi)

Shuman rejasi - Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarini integratsiyalash, yagona iqtisodiy makonga birlashtirish boʻyicha birinchi reja. Fransiya tashqi ishlari vaziri R.Shuman (1886—1963) tomonidan 1950-yilda ishlab chiqilgan. Shuman rejasida bir qator Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining toshkoʻmir, temir rudasi, metallurgiya sanoatini birlashtirish gʻoyasi ilgari surilgan. Rejani amalga oshirish uchun 1951-yil 18 aprelda GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg hukumatlari Parijda yagona Yevropa uyushmasini tuzishda birinchi qadam boʻlgan Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida shartnomani imzoladilar (1952-yil 25 martdan kuchga kirdi). Bu davlatlar oʻrtasida 1957-yil 25 martda Rimda Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatshsh tuzish toʻgʻrisidagi shartnomalar ham imzolangan.

SH.r.da ahdlashayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi boj toʻlovlari va boshqalar kvota cheklovlarini bartaraf etish, umumiy Yevropa bozorini yaratish ishi bosqichmabosqich amalga oshirilishi lozimligi belgilab qoʻyildi. Shuman rejasi Gʻarbiy Yevropaning birlashuvida Fransiyaning yetakchilik rolini mustahkamlashga xizmat qildi, shuningdek, bu reja Yevropani birlashtirishda Fransiya uchun asosiy hamkor sifatida Buyuk Britaniyaga emas, Germaniyaga eʼtiborni kuchaytirdi, uzoq asrlardan beri davom etib kelayotgan Fransiya va Germaniya oʻrtasidagi siyosiy ziddiyatlarga barham berdi. Shuman rejasining amalga oshirilishi Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yagona ittifoqqa birlashish yoʻnalishidagi birinchi qadam boʻldi (qarang Yevropa Ittifoqi).

Abduxalil Razzoqov.