Kontent qismiga oʻtish

Shibogʻu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sibogʻudan yoʻnaltirildi)

Shibogʻu, Sibogʻu - turk-moʻgʻul qabilalarida toʻlov turi. Xon, sultonlar va oʻgʻlonlar bir joydan ikkinchi bir joyga koʻchib, ovullardan oʻtayotganlarida ularga aholidan toʻplab beriladigan oziq-ovqat toʻlovi. Bu, koʻpincha, pishirilgan goʻshtdan iborat boʻlgan.