Kontent qismiga oʻtish

Qizilqiyoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sichqoncho'pdan yoʻnaltirildi)

Qizilqiyoq (sichqonchoʻp) – boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasining boʻyi 25-60 sm. Barglari yapaloq. Toʻpguli kumushsimon oq silindrik tigʻiz roʻvakka yigʻilgan. Mevasi don. Mart-aprel boshlarida oʻsa boshlaydi, bahordan kuzgacha gullab, mevalaydi. Urugʻlari oson sochiladi va shamol bilan tarqaladi. Ildizpoyalari tuproqqa 30-40 sm gacha kiradi. Uzun novdalari qishlaydi. Bedapoyalarda, gʻoʻza, gʻalla va boshqa sugʻoriladigan ekinlar orasida uchraydi. Shuningdek, ariq yoqalari va juda sernam joylarda ham oʻsadi. Kurash choralari: yerni 15-30 sm chuqurlikda haydaladi, ildizpoyalar yoʻqotiladi, dalapon sepiladi[1].

  1. "Qizilqiyoq" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil