Kontent qismiga oʻtish

Siddiq Muhammad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Siddiq muhammaddan yoʻnaltirildi)

Siddiq Muhammad - Balx xoni (1683—85). Ashtarxoniylarayan. Subhonqulixonnnpg oʻgʻli. Akasi Abul Mansurxonga qarshi uyushtirilgan fitnaga bosh boʻlib, taxtni egallagan (1683-yil avgust). S. M. ga qarshi bir qancha koʻchmanchi qabilalar (ming, qoʻngʻirot, olchin va boshqalar) sardorlari bosh koʻtarganlar. SM. Shibirgʻondagi ming qabilasi isyonini shafqatsiz suratda bostirgan. Balxga qaytishda Bade miroxur boshchiligidagi qoʻngʻirotlar unga hujum qilishgan, biroq magʻlubiyatga uchrashgan. SM. oʻzi safardaligida Balx viloyatiga bostirib kirgan Bayet qora toʻqsabo boshchiligidagi olchinlarni tormor qilib Xoʻja Xayrongacha ularning qishloklarini talontoroj qilgan. 1686-yil oktabr — noyabrda Subhonqulixon Balxga qoʻshin tortgan. Bunga sabab Xorazmdan Anushaxon Buxoroga qoʻshin tortib kelib Samarqand va Shaxrisabzni egallagan chogʻda Subhonqulixon oʻgʻlidan madad soʻragan. SM. Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Kalifgacha kelib, otasiga yordamga ozgina lashkar yuborgan, bu lashkar ham aslida yordam uchun emas, balki vaziyatni aniqlash maqsadida yuborilgan edi. S.M., Kalifda bir necha kun turgach, Anushaxonning Samarqandni olgani va Buxoroni qamal qilganidan xabar topgach, Balxga qaytib ketgan. Subhonqulixon shunda Maxmudbiy otaliqdan yordam olib Anushaxonni quvib yuborgan (1683). Subhonqulixon qoʻshini Kalifdan oʻtib Xonobodda toʻxtagan. SM. Balx mudofaasiga shaylangan. Otasi SM.ni qon toʻkmasdan hiyla bilan daf etishga axd qilgan. Shu maqsadda Balxga Muhammad Yusuf xoja naqshbandiyni elchi qilib joʻnatib, yaxshi niyat bilan kelayotganini bildirgan. Xoja Samandar Termiziyning yozishicha, otabola oʻrtasida uzoq muzokaralar boʻlgan. Nihoyat Balx arkiga kirgan Subhonqulixon zudlik bilan SM.ni bandi qilish va uni qatl etishga farmon bergan. Subhonqulixon Balx taxtiga Muhammadjon otaliq yuzni belgilab, 1687 i. mart oyining boshlarida Buxoroga qaytib kelgan.

  • Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil