Kontent qismiga oʻtish

Westfalenstadion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Signal Iduna Parkdan yoʻnaltirildi)
Signal Iduna Park

Sobiq nom(lar)i Vestfalenshtadion (2005-yilgacha)
Joyi Dortmund,  Germaniya
Asos solingan 1971-yil
Qachon qurilgan 1974-yil
Qachon ochilgan 1974-yil 2-aprel
Qachon taʼmirlangan 1992-, 1995-99-, 2002-03-, 2006-yillar
Egasi Borussia Dortmund GmbH & Co. KGaA[1]
Yuzasi tabiiy maysa
Inshoot narxi 32.7 mln DM (1974)
800 mln € (2006)
Meʼmor Planungsgruppe Drahtler
Hajmi 53 872 (1974-1992)[2]
42 800 (1992-1996)
54 000 (1996-1999)
68 600 (1999-2003)
83 000 (2003-2005)
81 264 (2005-2006)
80 708 (2006-2008)
80 552 (2008-2010)
80 720 (2010-2015)
81 359 (2015-h.v)[3]
65 590 (xalqaro bahslarda)[4]
Maydon oʻlchami 105 × 68 m
Maydon egalari
Borussiya Dortmund

"Signal Iduna Park" (nemischa: Signal Iduna Park ; UEFA va FIFA boshchiligidagi turnirlar oʻyinlari paytida — BVB-Stadion[5], 2005-yilgacha — Vestfalenshtadion (nemischa: Westfalenstadion ) — Dortmunddagi futbol stadioni. Germaniyadagi eng yirik stadion. Sig‘imi 81 359 ta oʻrin. Mahalliy „Borussiya“ning uy arenasi. 2001-yilda stadionda Yevropa musobaqalari tarixidagi eng koʻp gol urilgan finallardan biri — "Liverpul" va „Alaves“ oʻrtasidagi UEFA kubogi finali (5:4) boʻlib oʻtdi[6].

Janubiy tribunaning koʻrinishi

Stadion Jahon chempionati uchun 1971-1974-yillarda qurilgan. Oʻziga 54 ming tomoshabinni sigʻdira olgan. Stadiondagi birinchi oʻyin Borussiya Dortmund va "Shalke-04" (0:3) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi boʻldi. 1974-75-yilgi mavsumdan beri Borussiya Dortmund klubi ushbu maydonni oʻzining uy stadioni sifatida ishlatib kelmoqda.

Modernizatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillarning boshlarigacha stadion deyarli oʻzgarishsiz qoldi. 1992-yilda shimoliy tribunadagi turiladigan joylar oʻrindiqlarga almashtirilib, stadion sigʻimi 42 800 tagacha qisqardi. 1995-1998-yillarda barcha tribunalar birma-bir kengaytirilib, stadion sigʻimi 80 000 dan ortiq tomoshabinga yetdi. Modernizatsiyaning soʻnggi bosqichi 2006-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida 2005-yil yozgi tanaffus paytida amalga oshirildi. Stadionga elektron kirish tizimi o‘rnatildi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o‘rindiqlar ko‘paytirildi, VIP bo‘lim, jamoa kabinalari va sanitariya-texnik vositalar yangilandi.

Dortmundning „Borussiya“ klubi rasmiy saytining „Signal Iduna Park“ bo‘limiga ko‘ra, ushbu yangilanish tufayli janubiy tribunadagi o‘rindiqlar soni 1500 taga qisqardi va stadion faqat 81 264 tomoshabinga mo‘ljallangan. Janubiy tribuna Yevropadagi eng yirik tribuna boʻlib qolmoqda.

Qayta nomlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005 yil 1 dekabrdan Vestfalenshtadion (nemischa: Westfalenstadion ) Borussiya Dortmund va Signal Iduna sugʻurta kompaniyasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra Signal Iduna Park deb oʻzgartirildi. Bu qaror muxlislar orasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi, chunki bu bir tomondan klub uchun zarur moliyaviy barqarorlikni taʼminladi, boshqa tomondan, bu klub anʼanalaridan voz kechish edi.

2005-yilda Innenshtadt-Vest tuman maʼmuriyati stadion yaqinidagi koʻchaga Am Westfalenstadion nomini berishga qaror qildi, bu klub rahbariyatining noroziligiga sabab boʻldi, ammo muxlislar orasida qoʻllab-quvvatlandi. „Signal-Iduna“ sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma 2016-yil 30-iyungacha edi. Keyinroq shartnoma 2021-yilgacha uzaytirildi.

2006-yilgi Jahon chempionati vaqtida FIFA talab qilganidek, stadion FIFA World Cup Stadium Dortmund deb nomlangan. BVB-Stadion nomi hozirda UEFA va FIFA homiyligidagi oʻyinlarda qoʻllanadi.

Stadion panoramasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stadionning panoramali koʻrinishi. 2010-yil mart
  1. „Borussia Dortmund simplifies group structure“ (en). «Borussiya Dortmund» rasmiy sayti. 2014-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  2. „30 Jahre Westfalenstadion“ (de) (pdf). westline.de. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  3. „Fakten & Kurioses“ (de). Signal Induna Park official website. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  4. „unnamed“ (en). UEFA.
  5. "Borussiya"ning toʻliq nomi — Ballspielverein Borussianing qisqartmasi
  6. „Сигнал Идуна Парк на isocker“. 2013-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.