Kontent qismiga oʻtish

Simirenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Simirenko renetidan yoʻnaltirildi)

Simirenko, Simirenko reneti — kechpishar olma navi. Mliyev tajriba st-yasi (Cherkassi viloyati)da ukrain olimi va pomologi L. P. Simirenko (1855—1920) tomonidan yaratilgan. Oʻrta Osiyoga 20-asr ning boshlarida keltirilgan. Dastlab Toshkent, Samarqand sh. atroflarida ekilgan. Daraxti oʻrtacha boʻyli, kuchli payvandtagda bal. 6—7 m ga boradi. Shoxshabbasi keng, oʻrtacha shoxlangan. Mevasi yirik, oʻrtacha vazni 120 g (400 g gacha boradi). Pusti yashil, oq nuktalari bor, oftobga karagan tomoni sariq rang, eti koʻkimtiroq, qattiq, sersuv, muloyim, nordonroqshirin, xushboʻy tarkibida 12,7% kand, 0,63% kislota mavjud. Oʻzbekistonda S. navi 20-asrning 70y.larida bogʻlarda oʻstirilishi jihatidan 1-oʻrinni egallagan (jami bogʻlarning 36,6%). Mevasi sentabr oxiri — oktabr boshlarida uziladi. 4—6 oy yaxshi saqlanadi. Yovvoyi olmaga payvand qilingan koʻchati 5—6 yili, past payvandtagda 3—4 yili hosil beradi, 8—9yili toʻliq hosilga kiradi. Tupidan 145—300 kg gacha hosil olinadi. K,ishki olma navlari orasida tovar mahsuloti sifati boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. Daraxti sovuqqa chidamli (—26° gacha chidaydi). Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi va moʻl hosil olinadi.