Kontent qismiga oʻtish

Sin (sulola)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sin sulolasidan yoʻnaltirildi)

Sin (aynan — toza) — Xitoyda hukmronlik qilgan mazkur imperatorlari sulolasi (1644— 1911). Sin sulolasi hukmronligini 4 ta yirik davrga boʻlish mumkin: 1) manjurlarning Xitoyga bostirib kirganidan Min davlati chegaralarida Sin tuzumini oʻrnatilishigacha (1644—83; Shunchji va Kansi hukmronligi); 2) 17-asrning 80-yillaridan 18-asrning 70-yillarigacha — Xitoyda Sin tuzumining nisbatan turgʻun ichki siyosati va Xalxadagi moʻgʻul knyazliklari, Amurdagi rus qishloqlari, Jungʻor xonligi, Tibet, Sharqiy Turkiston, Vyetnam, Birma, Nepal va boshqalarga nisbatan bosqinchilik yurishlari (Kansi, Yunchjen va Syanlun hukmronliklari) davri; 3) 18-asrning 70-yillaridan 19-asrning oxirigacha, yaʼni Sin monarxiyasi 20-asr oʻrtalarida kapitalistik davlatlar agressiyasi natijasida ichki nizolarning kuchayishi (Syanlun, Szyatsin, Daoguan, Syanfin, Tunchji, Guansyuy hukmronliklari) dav-ri; 4) 1894—95 yillardagi Yaponiya— Xitoy urushidan Sinlarning taxtdan voz kechgunlarigacha boʻlgan davr. Sin im-periyasi imperialistik davlatlarning yarim mustamlakasiga aylangan. Sinxay inqilobi natijasida Sin sulolasi hukmronligi agʻdarib tashlangan (soʻnggi manjur imperatori Pu I 1912-yil 12 fevralda taxtdan rasman voz kechgan).

Sin sulolasi imperatorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Shunchji (1638-1644-1661).

2. Kansi (1654-1661-1722).

3. Yunchjen (1678-1722-1735).

4. Syanlun (1711-1735-1796-1799).

5. Szyatsin (1760-1796-1820).

6. Daoguan (1782-1820-1850).

7. Syanfen (1831-1850-1861).

8. Tunchji (1856-1861-1875).

9. Guansyuy (1871-1875-1908).

10. Pu I (1906-1908-1912-1967).



Shodmon Vohidov, Alisher Qodirov "Sharqning mashhur sulolalari".