Kontent qismiga oʻtish

Sinoptik meteorologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sinoptikadan yoʻnaltirildi)

Sinoptik meteorologiya, sinoptika (yun. synoptikos — barcha narsani koʻra oluvchi) — meteorologiya boʻlimi. Makrokoʻlamdagi atmosfera jarayonlarini oʻrganish va ular asosida obhavoni oldindan aytish haqidagi taʼlimot. Bu jarayonlarga siklon yoki antitsiklonparning paydo boʻlishi, evolyusiyasi, harakatlari kiradi hamda ular xavo massalari va frontlar harakati hamda evolyusiyasi bilan uzviy bogʻlanishda qaraladi. Bu sinoptik jarayonlarni tadqiq etishda sinoptik haritalar, atmosfera vertikal qirqimi, aerologik diagrammalar muttasil taxlil qilinadi. Bu taqiqotlar havo xossalarining oʻzgarishi va uning harakatlarini belgilovchi fizik qonunlarga tayanadi. Bunda joyning kengligi, xususan, u bilan bogʻliq quyosh energiyasi miqdori va shu energiya taʼsir qiluvchi yuzaning xususiyati (suv, quruqlik, relyef va boshqalar) qisobga olinadi. Energiya taʼsir qiluvchi yuza bilan atmosfera orasida uzluksiz issiklik, namlik almashinib turadi. Shu tufayli Yerning turli qismlarida mponocferaning har xil xossali havo massalari hosil boʻladi, maʼlum sharoitlarda ular orasidagi chegara zonalari keskin atmosfera frontlarita aylanadi. Bu frontlarda yuzlab va minglab km uzunlikdagi atmosfera toʻlqinlari vujudga kelib, bu toʻlqinlar kelgusida past va yuqori atmosfera bosimiga ega boʻlgan quyunlarga — siklon va antitsiklonlarga aylanadi. Siklon va antitsiklonlarning yuzaga kelishi, zoʻrayishi, koʻchishi sababli, havo massalari taqsimoti oʻzgaradi, natijada atmosfera frontlari koʻchadi va rivojlanadi. Siklon, antitsiklon, havo massalari va frontlar bilan birgalikda bulutlar va yoginli joylar ham siljiydi, natijada shamol, havo namligi temperaturasi hamda atmosferaning boshqa xossalarida mahalliy oʻzgarishlar yuzaga keladi. Atmosfera umumiy sirkulyasiyasi harakteridagi uzluksiz oʻzgarishlarga olib keladigan siklonlar faoliyatini oldindan bilish obhavoning kamida bir necha sutkalik prognozini berish imkonini tugdiradi. Atmosfera umumiy sirkulyasiyasi turlarining birinketin almashinishini oʻrganish esa obhavoning uzoq muddatli prognozini berishga imkon tugdirishi mumkin. Sinoptik meteorologiyada atmosfera jarayonlarining juda katta fazodagi rivojlanishi ayni bir vaqtda tahlil qilinadi. Bunday taxlil Yer yuzasida va atmosferaning turli balandliklarida olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan sinoptik haritalar (qarang Obhavo haritalari) asosida olib boriladi. Shuningdek, bulutlarning Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik kemalar yordamida olingan televizion fotosuratlari, meteorologik radiolokator yordamida kuzatish maʼlumotlari va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Bu empirik materiallar siklonlar, antitsiklonlar, havo massalari va atmosfera frontlarining strukturam, evolyusiyasi va harakatini anikdashga imkon beradi. Ularni oʻrganishda aniqlangan qonuniyatlarga asoslanib, gidrodinamik nazariya asosida (koʻpincha miqdoriy hisoblashlar yordamida) obhavo prognozlari beriladi (yana qarang Meteorologiya). Sirkulyasiya sharoitlarini sinoptik taxlilidan ularning prognozi va obhavo sharoitlarini oldindan aytishda ekstrapolyasiya va dinamik meteorologiya sifatiy xulosalariga tayanadi. Tadqiqotlar rivojida bir necha davrlarni ajratish mumkin, ularning har biri meteorologiya taraqqiyotining yirik bosqichlariga mos keladi. Izobarik sinoptikaning rivoji, frontologik tahlil sohasidagi serunum tadqiqotlar, Oʻrta Osiyoning sinoptik jarayonlarini turlarga ajratish, atmosferani harorat, namlik va shamol boʻyicha vertikal zondlash va uni meteorologiyada qoʻllash — mana shu usulning asosini tashkil etadi. Oʻrta Osiyoda V. A. Bugayev, V. A. Jorjio, M. A. Petrosyans, N. N. Romanov va boshqa olimlar rahbarligida oʻtgan asrning 20— 50y.larida bajarilgan keng kulamdagi tadqiqotlar va prognoz sohasidagi koʻp yillik amaliy ishlar "Oʻrta Osiyoning sinoptika jarayonlari" fundamental monografiyasida umumlashtirilgan. 50y.lar boshi miqdoriy va sifatiy gidrodinamik taxlil va prognoz (V. A. Bugayev, V. I. Gubin va boshqalar), statistikstoxastik usullarning sinoptik jarayonlar tahliliga tatbiqi (V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsoqov, V. A. Bugayev, V. A. Jorjio va boshqalar), Oʻrta Osiyo sinoptika jarayonlariga orografiya taʼsirini oʻrganish (M. A. Petrosyans) ishlarining rivojlanishi bilan xususiyatlanadi. 60y.larda prognozning gidrodinamik soniy usuli ishlab chiqildi. Yerning meteorologik sunʼiy yoʻldoshlari orqali bulutlarning tasviri olina boshlandi. 2000y.larning boshlarida Oʻrta Osiyo sinoptik jarayonlarining asosiy xususiyatlari 1961—90 yillardagi yangi meʼyor asosida baholanib tadqiq etildi.

  • Zverev V. S Sinopticheskaya meteorologiya, L., 1977; Monin A. S, Prognoz pogodi, kak zadacha fiziki, M., 1969; Vorobyov V. I., Sinopticheskaya meteorologiya, L., 1991; Muxtorov T., Ertangi kun obhavosi, T., 1999.

Tohir Muxtorov.