Kontent qismiga oʻtish

Konstantin Siolkovskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Siolkovskiy Konstantin Eduardovich [1857.5(17).9, Ryazan viloyati — 1935.19.9, Kaluga] — aviatsiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi va ixtirochisi; bolaligida ogʻir kasallikdan keyin kar boʻlib qolib, oʻqishni davom ettirolmagan. 1879-yilda oʻqituvchilik unvoniga imtihon topshirgan. Borovsk (Kaluga gubernyasi) dagi uyezd bilim yurtida matematika va geometriyadan dars bergan (1880— 98). 1880-81 yillarda bu sohadagi mavjud ixtirolardan bexabar "Gazlar nazariyasi" ilmiy ishini yozib, unda gazlar kinetik nazariyasi asoslarini tavsifladi. 1897-yilda Rossiyada birinchi aerodinamik truba qurgan. Keyinroq dunyoda birinchi boʻlib raketa nazariyasiga va suyuq yonilgʻili raketa dvigateli nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari 3 muammoga: metall aerostat (dirijabl)ni ilmiy asoslash (1885— 92), aeroplanning suyriligi (1894-yilda eʼlon qilingan), sayyoralararo raketalar (1896-yildan) ga bagʻishlangan. Uchishda reaktiv harakatdan foydalanish gʻoyasi birinchi marta S. tomonidan 1883-yilda bayon etilgan. S. 1903-yilda "Reaktiv asboblar bilan fazoni tadqiq etish" asarida birinchi boʻlib raketa harakati fazoda va tortishish maydonida oʻzgaruvchan massali jism harakatiga oʻxshashligini, sayyoralararo aloqada raketalardan foydalanish mumkinligini asoslab berdi. 1929-yilda "Kosmik raketa poyezdlari" asarida bosqichli raketa harakati nazariyasini yaratdi. Yerga sunʼiy yoʻddosh boʻladigan raketa masalasi bilan birinchi boʻlib shugʻullandi, Yerdan tashqarida st-yalar qurish fikrini ilgari surdi. Oydagi kraterga S. nomi berilgan.