Kontent qismiga oʻtish

Pishloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sirdan yoʻnaltirildi)
Emmentaler pishlog‘i.

Pishloq — sutni ivitib, ishlov berish yoʻli bilan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Sigir, qoʻy, echki, buyvol yoki ot sutidan yoki ularning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15—27% yengil hazm boʻladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, 20—32% yogʻ, shuningdek, kalsiy, fosfor tuzlari va vitaminlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav pishloq kaloriyasi 350—400 kkal ga teng . Pishloq parhez va shifobaxsh xususiyatga ega, yengil va deyarli toʻla hazm boʻladi. Sutni ivitish usuliga qarab, shirdon pishloqi va qatiq pishlogʻi tayyorlanadi. Shirdon pishloqi ning qat-tiq, shoʻr va yumshoq xillari bor. Qat-tiq pishloq (Shveysariya, Rossiya, Gollandiya, Kostroma, Yaroslavl pishloqlari va boshqalar) konsistensiyasi muloyim, yumshogʻiniki (Medinsk, Rokfor, Dorogo-buj pishloqlari va boshqalar) moysimon. Shoʻr pishloq (brinza, Tushin pishloqi va boshqalar) namakobda yetilishi bilan boshqa pishloqlardan farq qiladi. Qatiq pishloqga qizdirilgan pishloq va boshqa kiradi. Pishloqning 700 ga yaqin xili maʼlum boʻlib, kimyoviy tarkibi, ma-zasi turlicha. Oʻzbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.[1] Dunyoda yuzdan ortiq pishloq turlari bor. Ular bir-birlaridan qaysi hayvondan sut olingani, qancha saqlangani, qancha miqdorda yogʻi borligi va hokazo sifatlari bilan farqlanadi. Rangi sargʻish-yashildan qizilgacha boʻlishi mumkin. Baʼzi pishloqlarda kavaklar hosil boʻladi. Pishloq oʻz tarkibida yogʻ, oqsil va kalsiy, fosfor minerallarini uzoq vaqt saqlay olgani uchun ushbu moddalarga muhtoj odamlar uchun foydalidir.[2]

Mashhur turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Taste atlas” — retseptlar, oziq-ovqat tanqidchilari sharhlari va tadqiqot maqolalari e'lon qilinadigan, an’anaviy taomlar bo‘yicha nufuzli xalqaro ma'lumotnomasi doimiy yangilanib turuvchi dunyodagi eng mashhur 100 ta pishloqning 2023-yil uchun reytingini e'lon qildi[3]. Unga ko'ra birinchi o'ntalikka quyidagi turlar kiritildi:

  1. Motsarella (Mozzarella) — yangi tayyorlangan, oq, yengil, Italyancha pishloq[4].
  2. Chedder (Cheddar) — yarimqattiq, sarg'imtir, ommabop Inglizcha pishloq[5].
  3. Feta (Feta) — nordonroq ta'mli, echki sutidan tayyorlanadigan, an'anaviy Yunoncha pishloq[6].
  4. Rikotta (Ricotta) — mayin, tvorogsimon, zardobdan tayyorlanadigan, Italyancha pishloq[7].
  5. Parmezan (Parmigiano Reggiano) — qattiq, o'tkir ta'mli, Italyancha pishloq[8].
  6. Gauda (Gouda) — qattiq, sigir sutidan tayyorlanadigan, Gollandcha pishloq[9].
  7. Bri yoki Bri de Mo (Brie de Meaux) — yumshoq, oq mayin mog'orli, Fransuzcha pishloq[10].
  8. Panir (Paneer) — namakobda yangi tayyorlangan, yumshoq, Hidncha pishloq[11].
  9. Gorgonzola (Gorgonzola) — ko'k rang mog'orli, mashhur Italyancha pishloq[12].
  10. Kamamber yoki Normandcha Kamamber (Camembert de Normandie) — yumshoq yog'li, sho'rroq ta'mli, mog'orli, Fransuzcha pishloq[13].
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Pishloq" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „ТОП-100: лидеры рейтинга самых популярных в мире сыров по версии Taste Atlas“ (2023-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  4. „Моцарелла (Mozzarella)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  5. „Чеддер (Cheddar)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  6. „Фета (Fetta)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  7. „Рикотта (Ricotta)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  8. „ТОП-100: лидеры рейтинга самых популярных в мире сыров по версии Taste Atlas“ (2023-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  9. „Гауда (Gouda)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  10. „Бри (Brie)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  11. „ТОП-100: лидеры рейтинга самых популярных в мире сыров по версии Taste Atlas“ (2023-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  12. „Горгонзола (Gorgonzola)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  13. „Камамбер (Camembert)“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.