Kontent qismiga oʻtish

Davlat siri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sir (davlat)dan yoʻnaltirildi)

Mazkur qonunning yangilanishi orqali esa quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:

Mamlakatning davlat sirlari to‘g‘risidagi yagona siyosati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi, davlat sirlaridan foydalanish davlat tomonidan tartibga solinishi, DXX hamda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning sohadagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Qayd etish lozimki, bugungi kungacha davlat sirlaridan foydalanishda faqat DXXning vakolatlari belgilangan edi.

Davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4 toifaga bo‘linadi: a. Harbiy sohadagi b. Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy sohadagi d. Razvedka va kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyati va boshqa davlat xavfsizligi yo‘nalishlariga oid ye. Iqtisodiyot, ta’lim va texnika sohalariga oid chegaralangan ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Amalda ushbu ro‘yxat hukumatning 1994 yildagi qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada maxfiy grifda berilgan. Ushbu ro‘yxatning qonun bilan ochib berilishi bugungi kundagi ochiqlik siyosatiga mos keladi. Jumladan, davlat sirlaridan foydalanish huquqi 18 yoshga to‘lgan shaxslarga berilishi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmaganlarga esa ruxsatnoma xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston qonunchiligi talablariga mos kelishi sharti bilan berilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda. Davlat sirlari bilan ishlash huquqi tugatilgandan so‘ng respublikaning xorijga chiqish tartibi davlat sirlarini maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqish hamda davlat organlari va boshqa tashkilot xodimlarining mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari ushbu qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Davlat sirlaridan foydalanishga ruxsat rasmiylashtirilgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar va ularning faoliyatlari kafolatlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish masalalari ham aniq belgilab qo‘yilmoqda. Maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati va ushbu ma’lumotlarni maxfiylashtirish bo‘yicha asossiz qaror qabul qilganlik bo‘yicha javobgarlikni belgilash hamda fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarni davlat sirlariga kiritilishini man etish aniq belgilab qo‘yilmoqda. Tolibjon Madumarov o‘z nutqini yakunlar ekan, Avraam Linkolnning davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi gapini iqtibos keltirdi.

“Har bir davlatning kuchli bo‘lishi uning axborot xavfsizligiga bog‘liq. Davlat sirlari oshkor bo‘lsa, davlatning asosiy tizimi buziladi”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgandi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil