Nasriddin Sirojiddinov
Nasriddin Abrorovich Sirojiddinov (1932.19.1, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Kimyo fanlari doktori (1974), professor (1981). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1956). Novgorod viloyati "Proletariy" chinni zavodida bosh teplotexnik (1956—58), Toshkent izolyator zavodida sex boshligʻi (1959—60). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti ilmiy xodimi (1963—75), Silikatlar kimyosi laboratoriya mudiri (1975—96), ayni vaqtda direktor muovini (1975— 91), yetakchi ilmiy xodim (1996—99). Asosiy ilmiy ishlari yuqori tralarda suyuklanadigan murakkab oksid birikmalar va silikat materiallar kimyosiga oid. S. ishkrriyer metallarning alyumosilikatlari va ularning gallogermanatli analoglarini sintez qilish jarayonidagi qattiq fazalararo reaksiyalar, ulardagi izomorfizm va geterogen muvozanatni oʻrgangan, ilk bor fazaviy muvozanat diagrammalarini tuzgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alyuminati i gallati shelochnozemelnix metallov (v soavtorstve), T., 1986; Regulirovaniye svoystv silikatnix materialov (v soavtorstve), T., 1987; Glushyonnie titanosoderjashiye glazuri (v soavtorstve), T., 1988.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |