Kontent qismiga oʻtish

Nodir elementlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Siyrak elementlardan yoʻnaltirildi)

Nodir elementlar, siyrak elementlar — yer qatlamida juda kam uchraydigan elementlarning shartli nomi. Ular 45 ga yaqin metalldan iborat. Chunonchi: litiy (Li), rubidiy (Rb), seziy (Cs), berilliy (Be), radiy (Ra), galliy (Ga), indiy (In), talliy (TI), germaniy (Ge), vanadiy (V), niobiy (Nb), tantal (Ta), selen (Se), tellur (Te), poloniy (Ro), molibden (Mo), volfram (W), reniy (Re), skandiy (Sc), ittriy (Y), lantan (La) va 14 lantanoid, aktiniy (As), toriy (Tp), protaktiniy (Ra), uran (U) va inert gazlar. Nodir elementlar nisbatan yangi yoki nisbatan kam oʻzlashtirilgan elementlardir. Nodir elementlarning aksarisi Yer poʻstida oz, baʼzilari koʻp uchraydi, hatto ularning Yer poʻstidagi miqdori turmushda va texnikada eng koʻp qoʻllanadigan elementlarni-kidan ancha ortiq ekanligi maʼlum. Mas, bir vaqtlar "nodir" hisoblangan titan . elementining Yer poʻstidagi miqdori tabiatdagi uglerod, azot kabi elementlarnikidan ancha ortikdir. Barcha Nodir elementlar Yer poʻstining massa jihatidan 0,2%ini tashkil qiladi. Togʻ jinsining 1 t sida oʻrtacha 65 g litiy, 46 g seriy, 150 g vanadiy, 220 g sirkoniy boʻladi. Nodir elementlar koʻpincha, Yer poʻstida 2 ta, 3 ta, 4 ta element bilan birga uchraydi. Mas, 1 guruhga mansub Li, Rb, Cs III guruhga oid Se, Y kabi nodir-yer elementlari bilan, IV guruhga oid Ge Zr bilan, V guruhga oid Nb Ta bilan, IV guruh elementi — Mo esa W bilan birgalikda uchraydi.

Oʻrta Osiyodagi Nodir elementlarning deyarli barchasi tarkibi murakkab ma'danlarda uchraydi. Angren konidan qazib olinadigan ko'mir tarkibida galliy, germaniy, vanadiy, molibden, reniy elementlari mavjud. Olmaliqdagi Qalmoqqir metall konidagi ma'dan tarkibida esa molibden, reniy kabi Nodir elementlar uchraydi. Bu elementlar juda oz miqdorda bulganligi sababli ularni boyitish va ajratib olishning samarali usullari va texnologiyalari hozircha ishlab chiqilmagan. "Qizil-qumnodirmetalloltin" konserniga qarashli hududlarda uran va boshqa aktinoid elementlar bor. Ayni vaqtda sanoat miqyosida faqat uran birikmalari ajratib olinadi. Nodir elementlardan xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan qotish-malar olishda, optik asboblar va boshqa yasashda keng foydalaniladi.

Ad.h Dalimov T. N., Shayakubov T. Sh., Trotskiy V. I. va boshqa, Geologiya i poleznie iskopayemie respubliki Oʻzbekistan, T., 1998; Bukin V. I., Ichumnov M. S, Safonov V. V., Pererabotka proizvodstvennix otxodov i vtorichnix resursov, soderjashix redkiye, blagorodnie i svetnie metalli, M., 2002.

Omonulla Xoʻjayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil