Kontent qismiga oʻtish

Skandinaviya tillari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Skandinaviya Tillaridan yoʻnaltirildi)

Skandinaviya tillari - german tillarining shim. guruhchasi, dan (dat), shved, norveg (bukmol va nyunorsk variantlari), island, farer tillarini qamrab oladi. Daniya (jumladan, Farer orollari) va Shvetsiyada, Finlandiyaning gʻarbiy qismida, Norvegiya va Islandiyada, qisman, Kanada va AQShda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 20 mln. kishidan ortiq.

St. ilk yozma yodgorliklari 3-asrdan maʼlum boʻlgan va umumskandinav tili deb atalgan qarindosh lahjalar guruhidan kelib chiqqan. Ularning oʻzaro farqlanishi va alohida tillar paydo boʻlishi 9—11-asrlarda boshlanib, 15-asr oʻrtalarida nihoyasiga yetgan. Shu bilan birga, muayyan oʻxshash va farqli jihatlari boʻyicha St.ning 2 ta tarqalish mintaqasi: kontinental (dan, norveg va shved tillari) va orollar (island va farer tillari) mintaqasi mavjud boʻlgan.

Hozirgi St. oʻxshashlik asosida bir guruhni tashkil eteada, ular tilning barcha sathlarida muayyan farqlarga ega. Mas, fonologik jihatdan shved va norveg tillari juda yaqin boʻlib, musiqiy urgʻuga ega boʻlsa, dan tilida ayrim undoshlarning unlilarga yaqinlashuvi kuzatiladi, island va farer tillarida esa urkusiz unlilar reduksiyasi uchramaydi. Morfologik jihatdan dan, shved, norveg tillarida analitizm belgilari, island va farer tillarida eyea sintetizm belgilari yaqqol sezilib turadi; ular, shuningdek, grammatik jins, kelishik, son kategoriyalarining miqdori va qoʻllanishi, sifat va feʼl turkumlaridagi oʻziga xosliklar bilan ham oʻzaro farqlanadi. Kontinental va orollardagi St. lugʻat tarkibi jihatidan ham muayyan farqlarga ega: norveg, shved, dan tillarida lotin, nemis, fransuz va ingliz tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻplab uchrasa, island va farer tillarida bunday oʻzlashmalar oʻrniga oʻz soʻzlari mavjud. St. 3—11-asrlarda, asosan, runik yozuvdan foydalangan. 12—16-asrlarda runik yozuv oʻrnini astasekin lotin yozuvi egallay boshlagan. Hozirgi Skandinaviya tillarining barchasi lotin grafikasiga asoslangan alifbolarga ega. Lotin yozuvidagi eng qad. qoʻlyozmalar 12-asrning 2-yarmiga taalluqli.