Aleksandr Skryabin
Aleksandr Skryabin | |
---|---|
Tavalludi | 25 dekabr 1871 (6-yanvar 1872) |
Vafoti | 14 (27) aprel 1915 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Otasi | Nikolay Skryabin |
Onasi | Lyubov Petrovna Shchetinina |
Aleksandr Nikolayevich Skryabin [1871.25.12(1872.6.1) Moskva 1915.14(27)4] — rus kompozitori va pianinochi. Musiqa islohotchilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1892) va unda dars bergan (1898-yildan). Asosan, fortepiano (prelyudiya, etyud, sonata va poemalar) va simfonik (3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun konsert, "Orzular, "Jazava poemasi" va boshqalar) asarlarini ijod qilib, oʻziga xos obrazlar dunyosi hamda ifodaviy vositalar majmuini yaratgan. Kichik shakldagi asarlariga musiqiy romantizm va impressionizm xususiyatlari, yirik asarlariga joʻshqinlik, falsafiy mazmundorlik xos. Musiqa amaliyotida birinchilardan boʻlib rangli nurlardan foydalangan, "rangli musiqa" (svetomuzika)ga asos solgan ("Prometey" — "Olov poemasi", 1910).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |