Kontent qismiga oʻtish

Slovenlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Slovinlardan yoʻnaltirildi)

Slovenlar, slovinlar — Sloveniya Respublikasidagi xalq. 2,3 mln. kishi (1990y.lar urtalari), jumladan, Sloveniyada 1,7 mln. kishi. Sloven tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar, protestantlar va pravoslavlar ham bor. hozirgi S. ajdodlari mil. 6—7-asrlarda Dunay daryosining oʻrta oqimi boʻylari, Pannoniya pasttekisligi, Sharqiy Alp (Karantaniya)da yashagan. 8-asrda karantaniyalik S. germanlarga tobe boʻlib krlganlar. 13-asrdan sloven yerlarining katta qismi Avstriya (1867-yildan Avstriya-Vengriya) tarkibida. 1918-yil Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929-yildan — Yugoslaviya) barpo etilgan. 20-asrning 1-yarmida millat boʻlib shakllangan. Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan S, 1991-yil 25 iyundan mustaqil davlat barpo etganlar.

S. dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, asalarichilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.