Izopren
Qiyofa
(Sn2=s -sn=sn2dan yoʻnaltirildi)
Izopren (2-metilbutadiyen-1,3), CH2=C(CH3)-CH=CH2 — toʻyinmagan uglevodorod, rangsiz suyuqlik. Molar massasi 68,11, qaynash temperaturasi 34,07°, suyuqlanish temperaturasi — 146°, spirt va efirda eriydi. Oʻz-oʻzidan alangalanadi (400° da). Izopren toʻyinmagan uglevodorodlarga xos reaksiyalarga kirishadi, oson gidrogenlanadi, metallorganik birikmalar hosil qiladi. Birikish va polimerlanish izoprenning oʻziga xos reaksiyalaridan hisoblanadi. Sanoatda izobutilenga formaldegid taʼsir ettirish, izopentanni gidrogenlash, suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish usullari bilan olinadi. Sintetik kauchuk, termoelastoplastlar, xushboʻy va dorivor moddalar ishlab chiqarilishida qoʻllanadi.[1]