Kontent qismiga oʻtish

Krezollar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sn3s6n4ondan yoʻnaltirildi)

Krezollar, metilfenollar, gidroksitoluollar,SN3S6N4ON — rangsiz kristallar yoki suyuq moddalar, fenolning yaqin go-mologlari. Mol.m. 108,143 ta: orto-, meta-va paraizomeri bor.

K. etanol, dietilefir benzol, xloroform, atsetonda yaxshi eriydi. Suvda va ishqor eritmalarida eritilganda krezolyatlar hosil qiladi. K. — fenolga oʻxshash kuchsiz kislotalar. Toshkoʻmir smolasida boʻladi. Texnik K. — trikrezol — uchta izomer aralashmasidan iborat.Toshkoʻmir, slanets yoki torf smolalari haydalganda ajralib chikadi. Zaharli, odam terisiga yomon taʼsir qiladi. Fenolaldegid smolalar dezinfeksiya vositalari, plastmassalar (bakelitlar), portlovchi moddalar, boʻyagichlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil