Kontent qismiga oʻtish

Atsetaldegid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sn3snodan yoʻnaltirildi)

Atsetaldegid — CH3CHO, sirka aldegidi, etanal, toʻyingan aldegidlarlan biri. Mol. m. 44,05. Oʻtkir hidli, rangsiz suyuqlik, suvda yaxshi eriydi. Zichligi 778 kg/m3. Qaynash temperaturasi 20,8°. Atsetaldegid Kucherov reaksiyasi yordamida, yaʼni atsetilenni simob tuzlari ishtirokida gidratlash yoki vino spirtini oksidlash yoʻli bilan olinadi. Atsetaldegid aldegidlarga xos kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Mineral kislotalar taʼsirida Atsetaldegid suyuq holatdagi paraldegidni va qattiq holatdagi metaldegidni hosil qiladi. Paraldegid tibbiyotda uxlatuvchi dori, metaldegid esa qattiq yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Atsetaldegid sirka kislota, sirka angidrid, etilatsetat, alkilaminlar, butanol, selluloza atsetatlari, turli farmatsevtik preparatlar va sintetik smolalar olishda ishlatiladi[1].

Olinish yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil