Kontent qismiga oʻtish

Sirka kislota

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sn3soondan yoʻnaltirildi)

Sirka kislota (metankarbon kislota), CH3COOH — oʻtkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrogʻi 98— 99% li) Sirka kislota muzga oʻxshaganligi uchun „muz“ kislota deb ham ataladi. Suyuqlanish temperaturasi 16,75%, qaynash temperaturasi 118,1°, zichligi 1055 kg/m³ (15°da). Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidda erimaydi. Sirka kislota — insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil boʻladi). Atsetaldegidni oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik boʻyagichlar i.ch.da va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Sirka kislota bugʻlari nafas yoʻllari shilliq pardasini yalligʻlantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.