Kontent qismiga oʻtish

Glioksal

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Snodan yoʻnaltirildi)

Glioksal (etandial, diformil, oksalat aldegid), CHO—CHO — dialdegidlarning oddiy vakili, sariq rangli kristall. Mol. massa 58,04. Suyuqlanish temperaturasi 15°, qaynash temperaturasi 50,4°, zichligi 1140 kg/m3. Suvda, spirt va efirda yaxshi eriydi. Saqlanganda namlik taʼsirida polimerlanadi. G. tarkibida ikkita uglerodi boʻlgan birikmalarni oksidlab, sanoat miqyosida esa etilenglikolni mis katalizatori ishtirokida degidrogenlab olinadi. Toʻqimachilik, teri, qogʻoz hamda boʻyoqchilik sanoatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil