Sogʻliqni saqlash
Sogʻliqni saqlash – aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini olish va davolash, sogʻlom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr koʻrishni taʼminlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni koʻzda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat.
Sogʻliqni saqlash Sharqda, xususan Oʻzbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa oʻrta asrda bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Shu davrda yunon va boshqa tillardan qad. tibbiy asarlar arab tiliga tarjima etilib, ulardagi tavsiyalar amaliyotda qoʻllanila boshlagan. Ayni vaqtda Sharq mutafakkirlari tabobat ilmidan olamshumul asarlar yaratganlar. Bu borada Abu Rayhon Beruniyning „Tibbiyotda dorishunoslik“ („Kitob assaydana fittib“), Abu Ali ibn Sinoning „Tib qonunlari“ („Al Qonun fittib“) asarlari mashhur boʻlib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolashning yangi usullarini qoʻllab tabib (hakim) sifatida oʻz davrida juda mashhur boʻldi. Keyingi davrlarda ham tabiblik Turkistonda sogʻliqni saqlashning asosiy shakli boʻlib keldi. Tabiblar madrasalarda taʼlim olishgan yoki ustozshogirdlik yoʻli bilan turli kasalliklarga, singanchiqqanlar, yarachaqalarga davo qilishni, xastaliklarning oldini olishni oʻrganishgan. Ularning koʻplari nafaqat bemorlarni davolash, balki doridarmonlar tayyorlash bilan ham shugʻullanganlar. Sohibqiron Amir Temur boshqa maʼrifiy ishlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish ishiga ham alohida eʼtibor bergan. Boshqa mamlakatlar mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan.
Movarounnahr va Xurosonda 8—9-asr dayoq shifoxonalar uchun maxsus binolar kurila boshlagan. Shifoxonalar 15-asrda Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda ham koʻp boʻlgan. Bunday jamoat shifoxonalari „Dor ushshifo“ („Davolash uyi“) nomi bilan yuritilib, ularda zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolashgan. „Dor ushshifo“dagi maxsus dorixonalarda dorishunoslar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berishgan. Aksariyat shifoxonalarda tabiblar bemorlarni davolashdan tashqari, tabobat ilmi bilan ham shugʻullangan. Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat bergan.
Manbalardan maʼlum boʻlishicha, keyingi yillarda ham Turkistonning baʼzi viloyatlarida maxsus shifoxonalar boʻlgan. Xususan, mashhur adib Vosifiy Zayniddin Mahmud (1485— 1551) „Nodir voqealar“ („Badoyeʼ ulvaqoyeʼ“) asarida Toshkentning shahar qoʻrgʻonidan tashqaridagi Kaykovus chorbogʻi haqida qiziqarli voqealarni bayon qilib, bu yerda xon va sultonlar uchun shifoxona boʻlganligini yozgan..U davrlarda suv, havo, osmon, yer tozaligiga, yaʼni zamonaviy tushuncha – ekologiyaga ahamiyat berilgan.
Turkistonni chor Rossiyasi bosib olganidan keyin oʻlkaga Gʻarbga xos tibbiy muassasalar kirib keldi. Podsho hukumati Turkistondagi oʻz qoʻshinlarining manfaatini koʻzlab 1868-yil Toshkentda harbiylar va amaldorlar uchun kasalxona (lazaret) ochdi. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham kattakichik kasalxonalar, shifoxonalar ochila boshladi. 1872-yil Samarqandda, 1873-yil Xivada, 1891-yil Buxoroda unchalik katta boʻlmagan kasalxonalar ochiddi. Pekin ular, asosan, davlat xizmatchilari va rus fuqarolariga xizmat koʻrsatgan. Xususan, ayollarga tugʻruqxona yoki kasalxonada tibbiy xizmat koʻrsatish ishi uzoq vaqtgacha uyushmagan hodda qolib ketavergan. Faqat 1880-yil Toshkentda xayriya yoʻli bilan atigi 4 oʻrinli tugʻruqxona tashkil etildi, ayollar va bolalarga moʻljallangan ambulatoriyalar ochildi. Mehnatni muhofaza qilish, Sogʻliqni saqlashga doir uyushgan muntazam tizim yoʻqpigi uchun sobiq Turkiston tuprogʻida koʻpgina yuqumli kasalliklar haddan tashqari koʻp uchrar, baʼzida epidemiyaga aylanib, qanchadanqancha kishilarning yostigʻini quritar edi. Chunonchi, 1872-yildagi vabo epidemiyasi vaqtida Turkiston oʻlkasida 38 ming kishi nobud boʻldi. 1892-yildan 20-asr boshlarigacha 6 marta vabo epidemiyasi boʻlib, har safar minglab kishilarning yostigʻini quritdi. Oʻlkada bezgak, leyshmanioz, traxoma, rishta va boshqa kasalliklar ham ancha koʻp uchrar edi. Mas, Buxorodek katta shahar aholisining beshdan bir qismidan koʻprogʻi rishta kasalligiga giriftor boʻlgan.
Oʻtgan asrning 20y.larida bu borada bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Sogʻliqni saqpash xalq komissarligi tuzilib, oʻlkadagi mavjud kasalxona, ambulatoriyalar va boshqa tibbiy muassasalar davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Davolash va epidemiyalarga karshi kurashish uchun sayyor otryadlar tuzildi, bakteriologik lab. ishga tushirildi, umumiy oʻrinlar soni 7 mingga yaqin kasalxonalar ochildi. Oʻlkada chin chechak, vabo, rishta, bezgak, traxoma, leyshmanioz singari kasalliklar, asosan, tugatildi, sil, teri kasalliklari va boshqa kasalliklar sezilarli darajada kamaydi.
Oʻlkada Sogʻliqni saqlash tizimining moddiytexnik bazasi bosqichmabosqich kengaytirilib, mustahkamlandi. Toshkentdagi yirik kasalxonalarda tor mutaxassisliklar boʻyicha ixtisoslashgan koʻz, quloq, asab kasalliklari boʻlimlari va boshqa tashkil etildi. Samarqandda yangi kasalxona, Qoʻqonda bolalar kasalxonasi, Fargʻonada bemorlarni fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus shifoxona ochiddi. Toshkentda shu sohadagi kichik xususiy kasalxona negizida 1919-yil 150 oʻringa moʻljallangan fizioterapiya instituti barpo etildi.
1920-yil Toshkentda silga kdrshi dastlabki dispanser ish boshladi. 1922-yil vrachliksanitariya nazorati tashkiloti tuzildi. 1924-yil Toshkentda teritanosil kasalliklari dispanseri, Buxoroda esa tropik tibbiyot instituti (hozirgi Samarqanddagi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituta) ochildi. 1924-yilga kelib Turkistonda 6 tropik stansiya va uning joylardagi tarmoqdari ishlab turdi. 1924-yil respublikada 53 kasalxona, 151 ambulatoriya (ularning 79 tasi qishloq joylarida), 40 feldsherlik punkti va boshqa muassasalar bor edi. Shu yillarda tibbiyot taʼlimini yoʻlga qoʻyish va mahalliy aholidan tib mutaxassislari tayyorlashga kirishildi. 1918-yilda Toshkentda dastlabki tibbiyot oʻquv yurti – hozirgi Oxunboboyev nomidagi Respublika tibbiyot bilim yurti, oradan bir yil oʻtib, oliy tibbiyot maktabi ochildi, feldsherlik kurslari, qisqa muddat oʻqitiladigan jarroxlik kurslari, muruvvat hamshiralari kurslari tashkil etildi. Oliy tibbiyot maktabi 1920-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibidagi tibbiyot ftiga aylantirildi. Bu ftda oʻqishga yoshlarni tayyorlash uchun respublikaning koʻpgina shaharlarida ishchi ftlari ochilib, ularga oʻzbek gʻamda boshqa yerli aholi yigitqizlari jalb etildi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti oliy maʼlumotli tibbiy xodimlar tayyorlashdagina emas, balki joylarda yangi tibbiyot oʻquv yurtlari ochishda ham muhim oʻrin tutdi. 1925-yil viloyatlarning markazlarida tibbiyot markazlari ochiddi. universitetning tibbiyot fti 1931-yil mustaqil tibbiyot instituti (Toshkent tibbiyot instituti)ga aylantirildi. Samarqandda ham Samarqand tibbiyot instituti ochildi. 1932-yil Toshkent vrachlanr malakasini oshirish instituGʻyaitashkil etildi. 1937-yil Toshkent farmatsevtika instituti ish boshladi. Ayni vaqtda ilmiy tadqiqot intlari ham barpo etildi. 1937-yil Toshkentda sil, 1940-yil qon quyish intlari bor edi. Sanoat korxonalari va qishloq joylariga koʻplab vrachlar yuborildi, shahar va qishloklarda yangi kasalxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar ochildi, havosi sof va xushmanzarali joylarda iqlimiy kurortlar, shifoxonalar barpo etildi.
1941—45 ylardagi urush davrida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimi zimmasiga ancha masʼuliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan jangchilar uchun gospitallar ochish, Sogʻliqni saqlash tizimining moddiytexnik bazasini yanada mustaqkamlash, oʻlkaning sanitariya holatini barqaror saqlab turish kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq harbiy gospitallar ochildi, Leningraddagi Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot instituti va boshqa tibbiy ilmiy tadqiqot muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirib keltirildi. Respublikada urush nogironlarini davolash uchun maxsus jarroxlik shifoxonalari ochildi.
Urushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy tadqiqot intlari kaytadan ish boshladi va yangilari paydo boʻldi (sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot intlari va boshqalar). 1955-yil Andijon tibbiyot instituti, 1972-yil Oʻrta Osiyo, hozirgi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990-yil esa Buxoro tibbiyot instituti ochildi. Keyinchalik 1ToshTI ning Urganch filiali, 2ToshTIning Fargʻona filiali, Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filiali tashkil etildi. Kardiologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya, allergologiya, revmatologiya va boshqa sohalar boʻyicha xizmat koʻrsatadigan yirik klinikalar ishga tushirildi. Oʻzbekistonda shifoxonalar soni 1010 ta, ulardagi oʻrinlar soni 140072 ta boʻldi (2003). Sovetlar tuzumi davrida Sogʻliqni saqlash muassasalari tarmogi ancha kengaygan boʻlsada, lekin ekologik nomutanosibliklar tufayli tashqi muhitning buzilishi, xususan, yerga turli xil kuchli kimyoviy moddalar solinishi, paxta yakkahokimligi va boshqa ijtimoiy noxushliklar natijasida aholi orasida turli ichki kasalliklarning koʻpayishi kuzatildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, Sogʻliqni saqlash tizimining asosiy tamoili – profilaktik yoʻnalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirish; tibbiy taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish; ilmiy tadqiqot ishlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib chiqqan holda qayta tashkillashtirish; mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda doridarmon, tibbiy ashyolar hamda shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; Sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini oʻzgartirish asosiy vazifa qilib qoʻyildi.
Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqaradi. Krraqalpogʻiston Respublikasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki boʻlimlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi, shuningdek, „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi, „Qizil yarim oy“ jamiyati, „Nuroniy“ jamgʻarmasi va boshqa oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda (qarang Ijtimoiy jamgʻarma).
Bozor munosabatlariga oʻtish Sogʻliqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qoʻydi. Xususan, maʼmuriyboshqarish sarfharajatlarini kamaytirish; bemorlarni davolash jarayonida kunduzgi kamharajat va samarali usullardan foydalanish; shifoxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga koʻchirish, kam samarali oʻrinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar koʻrilmoqda.
Aholi sogʻligʻini muhofaza qilish koʻp jihatdan davlat epidemiologiya xizmati faoliyatiga bogʻliq. Oʻzbekistonda sanitariyaepidemiologiya stansiyalari va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliyuslubiy va muvofiklashtiruvchi ishlarini olib boradigan „Salomatlik“ markazlari bu vazifani amalga oshirmoqsa.
Respublikada „Salomatlik“ instituti, uning viloyatlar va shaharlardagi shoxobchalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda aholi oʻrtasida sanitariyagigiyenaga oid bilimlarni keng targʻib qilib boradi.
Bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yordam beruvchi muassasalar tarmogʻi barpo etildi. Respublikada ishlab chiqilgan „Sogʻlom avlod uchun“ dasturi avvalo muntazam oʻtkazib turiladigan tibbiy tekshirishlar asosida salomatligi zaif va kasalmand maktab oʻquvchilari va oʻsmirlarni aniklab, ularni va umuman yosh avlodni sogʻlomlashtirish choratadbirlarini amalga oshirib borishni koʻzda tutadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun 1993-yil 7 mayda Oʻzbekiston Respublikasi ning I va II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni taʼsis etildi.
Oʻzbekistonda tibbiy taʼlimning uzluksiz boʻlishiga va mutaxassislarning oʻz malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 43 kafedrasi va har xil ixtisoslikka moʻljallangan kurslarida har yili 8—10 ming vrach oʻz malakasini oshiradi.
Mamlakatda Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohot bosqichmabosqich olib borildi. Birinchi boskichda (1991—94 yillar) butun eʼtibor onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, demografik koʻrsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga karatildi.
Ikkinchi bosqichda (1994—98 yillar) dorixonalar va bir qancha davolashprofilaktika muassasalari xususiylashtiriddi, ambulatoriyapoliklinika xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997-yildagi 18,3% oʻrniga 2001-yilda 13,8% ga kamaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining „Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari ijtimoiy infrastrukturasini 2000-yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida“gi qaroriga (1996-yil 21 may) muvofiq, Sogʻliqni saqlash sohasida mutlaqo yangi muassasa – qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil etish va aholiga dastlabki feldsherlik yordami emas, balki malakali vrachlik yordami koʻrsatish koʻzda tutildi. QVGT uchun hamma koʻrsatkichlar – moddiy taʼminot, kadrlar, zamonaviy asbobuskunalar va doridarmonlar bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus mezon ishlab chiqildi.
1998-yildan Sogʻliqni saqlashning rivojlanishida yangi davr boshlandi – 1998-yil 10 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1998— 2005-yillarda Sogʻliqni saqlash tizimini qayta qurish Davlat dasturi qabul qilindi. Unda mamlakat aholisiga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish tadbirlari koʻrsatib berildi. Bu dastur asosida Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini mustahkamlash va umumiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tarmoklari tashkil etildi, natijada ikki bosqichli, yaʼni QVP hamda tuman markaziy shifoxonasi orqali tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Mazkur ishlar Jahon banki bilan hamkorlikda „Salomatlik“ loyihasi asosida amalga oshirildi. Bu Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini berdi.
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.
Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magistrlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar – qamshiralar ishi bakalavrlari tayyorlanadigan boʻldi.
Onalar va bolalarni muhofaza kilish xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari uzoq muddatga moʻljallangan Davlat dasturlarida ["Onalar va bolalar skriningi" (1998), „Soglom avlod“ (2000), „Ona va bola“ (2001), „Ayollar va oʻsib kelayotgan avlodlar sogʻligʻini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida“ (2002)] belgilab beriddi. Ekstragenital kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan taʼminlash hajmi koʻpaytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador boʻlish va tugʻishning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari ancha faollashtirildi. Tugʻma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tugʻilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining oʻtkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Sogʻliqni saqlash tizimidagi oʻzgarishlar „Sihatsalomatlik“ jurnali, „Oʻzbekiston tibbiyot jurnali“ va tibbiyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Karimov Sh. I., Muhamediyarova R. G. va boshqa, Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash. Muammo va istiqbollar, T., 1998; N a zirov F. Gʻ., Ona va bolasalomatligi yoʻlida, T., 2001.
Damin Asadov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |