Kontent qismiga oʻtish

Cafaha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sogʻonadan yoʻnaltirildi)

Cafaha, sogʻona – Oʻrta Osiyo xalqlarida marhumlarni dafn etish bilan bogʻliq dafn inshooti; 1) yer osti suvlari yer betiga yaqin, toshloq joylarda yer ustiga pishiq gʻisht yoki toshdan ishlangan, shakli beshikka oʻxshash, ichiga bir, baʼzan bir necha (birinketin) jasad qoʻyilgan qabr; 2) qabr ustiga oʻrnatiladigan yodgorlik turi.

Oʻrta Osiyoda XIV—XV asrlarda qabr ustiga S qoʻyish rayem boʻlgan, naqsh oʻyib, kitobalar yozilgan. S.lar pishiq gʻishtdan, toshdan, qora yoki kulrang marmardan ishlanib, baʼzan usti sirkori koshin, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, 2 yoni ravoqsimon boʻlgan. Temuriylar qabrlariga qoʻyilgan S.lar badiiy ishlangani bilan diqqatga sazovor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil